Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Viktor Kumikov: "Turon" bilan bundan-da kuchliroq o‘ynaymiz"

Viktor Kumikov: "Turon" bilan bundan-da kuchliroq o‘ynaymiz"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “G‘ijduvon” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Viktor Balyutovich g‘alaba bilan tabriklayman! O‘yin yoqdimi?
— Ikki xil fikrdaman. O‘yinni dastlabki daqiqalaridan o‘z nazoratimizga oldik, harakatlarimiz yaxshi bo‘ldi. Barchasi shunday ketadi, deb tasavvur qilayotgandik. Ikkinchi taymda esa biz o‘ylagan natijalar doim ham amalga oshmadi. Hozir kiyinish xonasida gaplashib oldik. Bunday o‘ynash yaxshi emas. “Turon” bilan bundan-da kuchliroq o‘ynaymiz.

— Zafar Polvonov bugun debyutini o‘tkazdi va debyut golini urdi...
— Zafar Polvonov biz bilan yig‘inda bo‘lmadi. Jamoani hali to‘liq tushunib yetmagan. Lekin men uni bilaman. Avvalgi jamoamda qo‘l ostimda o‘ynagan. Shuning uchun imkoniyatlaridan yaxshi xabardorman. U qaysi vaqtda gol urishni juda yaxshi biladi. Shu sababli bu futbolchi yuqori darajadagi o‘yinchi. Xususan, Suhrob Berdiyev bilan Zafar Polvonov yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

— Polvonovni zaxiradan tushirayotganingizda unga nima degandingiz?
— Unga nima qilish kerakligini alohida tushuntirdim. Hujumda qanday harakat qilish kerakligini aytdim. Qanotda o‘ynashi bo‘yicha vazifasini bildirdim.

— Vladimir Bubanya bilan gaplashdingizmi? U nima uchun penaltidan gol ura olmadi?
— Keyin aytaman (kuladi).

— “Turon” bilan o‘yinda ko‘proq gollar kiritish hisobiga g‘alaba qozonishni xohlaymiz...
— Bizni “Turon” bilan ikkita o‘yinimiz bor. Nechta gol urishimizni oldindan ayta olmayman. Muhimi, yutsak bo‘ldi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:10, 05.08.2022.
O'qildi: 1556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик