Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

La Liganing tovon puli eng qimmat futbolchilari kimlar?

La Liganing tovon puli eng qimmat futbolchilari kimlar?

Baho:
+ | -

 Futbolda tovon puli haqida ko‘p eshitganmiz. Uning asosiy vazifasi futbolchini istalgan jamoa o‘sha pulni to‘lab erkin xarid qilish imkonini beradi. Bu xolda sotuvchi tomon roziligi shart emas. Neymarning “PSJ”ga o‘tishidan so‘ng, La Liga grandlari o‘z tarkibidagi futbolchilarning tovon pulini fantastik summaga chiqarib qo‘yishgan. Quyida Ispaniya Primyerosida tovon puli eng qimmat futbolchilar ruyxati bilan tanishamiz.

Brayim Dias - 750 million yevro

Bunday katta miqdor Diasning shartnomasida 2019 yilda, u endigina “Manchester Siti”dan “Real”ga ko‘chib o‘tayotganida ko‘rsatilgan edi. Hozir futbolchi “Milan”da ijara asosida to‘p surmoqda.

Antuan Grizmann - 800 million yevro

"Atletiko"dan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgandan so‘ng 120 millionlik futbolchining tovon pulining 800 million yevro belgilangan edi. Neymar holati takrorlanishidan qo‘rqish shunday bo‘ladi.  

David Alaba - 850 million yevro

"Bavariya"dan "Real"ga o‘tganidan so‘ng Alabaning shartnomasida katta miqdorda tovon puli pydo bo‘lgan.

Federiko Valverde - 1 milliard yevro

2021 yilda “Real Madrid” bilan qayta shartnoma imzolash orqali Valverde 1 milliard yevro tovon puliga chiqib oldi. Uni “Real” roziligisiz sotib olmoqchi bo‘lsangiz, 1 milliard yevroni tayyorlayvering janob Helayfiy.

Pedri - 1 milliard yevro

Pedrining tovon puli bundan kam bo‘lmasligi aniq edi. Vunderkindda katta iqtidor bor.

Ansu Fati - 1 milliard yevro

Fati ham Pedri singari jamoaning kelajagi sifatida qaraladi. Shu o‘rinda, u ham Pedridan kam emas.

Karim Benzema – 1 milliard yevro

"Real Madrid"ning asosiy yulduzi uchun odatiy qiymat. Qaysi jamoa bunday hujumchi uchun arzimagan tovon puli belgilashi mumkin. Karim bu ro‘yxatda bo‘lmasa uyut bo‘alib ketardi.

Ronald Arauxo - 1 milliard yevro

Yaqinda himoyachi "Barselona" bilan yangi shartnoma imzoladi, unda jamoaning boshqa yosh yulduzlari - Fati va Pedri kabi 1 millardlik tovon puli haqidagi band bor.

Vinisius - 1 milliard yevro

2022 yilning yozida Vinisius "Real" bilan shartnomasini uzaytirdi. Oldinroq uning shartnomadagi tovon puli 700 million yevro edi. Menimcha, rahbariyat uni qaysidar boy klub sotib olishidan cho‘chib, narxni 1 millard yevro qilib qo‘ygan.

Ferran Torres - 1 milliard yevro

"Barsa"ning qishda kelgan futbolchisining tovon puli ham 1 milliard yevroga teng.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 23:50, 05.08.2022.
O'qildi: 3975 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.