Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayntraxt" Kostich uchun narx belgiladi

"Ayntraxt" Kostich uchun narx belgiladi

Baho:
+ | -

"Ayntraxt" yarim himoyachisi Filip Kostich "Yuventus"ga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Patrik Bergerning yozishicha, nemis klubi 29 yoshli serbning transferi uchun “keksa sinyora”dan 15 million yevro talab qilmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi "Ayntraxt" bilan juda qulay shartlarda yangi mehnat shartnomasi imzolagan holda jamoada qolishi mumkin.

Kostichning o‘zi allaqachon “Yuventus” bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Uning yangi klubidagi maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 2,7 million yevroga yetishi mumkin va kelishuv 2025 yilgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 24 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 19:05, 06.08.2022.
O'qildi: 1514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик