Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

“Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuvi haqida...

“Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuvi haqida...

Baho:
+ | -

Ma’lumki, “Bunyodkor” Superliganing 15-turi doirasida o‘z maydonida “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Ayni kunlarda “Bunyodkor” stadioni chimini to‘liq yangilash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli jamoa uy uchrashuvlarini boshqa o‘yingohda o‘tkazadi.

“Qizilqum”ga qarshi o‘yin Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o‘tkazilishi mumkin edi, biroq shu kuni AGMK Superliga doirasida “Lokomotiv” bilan kuch sinashadi. “Paxtakor” 15-turni safarda o‘tkazsada, markaziy stadionda Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun davlat imtixonlari o‘tkazilishi tufayli bu imkonsiz.

11 avgust kuni “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladigan “Olimpik”ning uy o‘yingohi hisoblangan “Jar”da ketma-ket ikki kun uchrashuv o‘tkazish maydonning chimiga salbiy ta’sir qilishi tabiiy.

Shu bois “Bunyodkor” - “Qizilqum” bellashuvi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu masala bo‘yicha “temiryo‘lchilar” va musobaqa o‘tkazuvchi tashkilot O‘zbekiston Professional ligasi bilan kelishuvga erishilindi va tomonlarning roziligi olindi.

Demak, 10 avgust kuni “Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:19, 06.08.2022.
O'qildi: 2180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик