Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Gvardiolaning Angliyadagi eng katta orzusi – YECHL chempionligi

Gvardiolaning Angliyadagi eng katta orzusi – YECHL chempionligi

Baho:
+ | -

Angliyaning amaldagi chempioni bo‘lgan "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola YECHL o‘z jamoasi uchun hali ham orzu va maqsadligicha qolayotganini bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis yetti yildan beri "shaharliklar"ni boshqarib kelmoqda. Bu Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi eng katta davrdir. Bu paytda u 4 marta Angliya chempioni, 4 marta liga kubogi hamda bir marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Biroq, hali-hamon Yevropa sahnida biror natijaga erishilmadi. U "Barselona" bilan ikki karra YECHLni yutishga erishgan. Ushbu sovrin haqida mutaxassisning o‘zi shunday deydi:

"Men natijalarga erishayotganimiz uchun hali ham jamoaga boshchilik qilyapman. Agarda sovrin yutmaganimizda, meni ortiq bu yerda qoldirishmagan bo‘lardi va men buni tabiiy qabul qilaman. Men hech narsa yutmadim. Hamma yutuq – jamoaniki. Bu jamoadagi ko‘p vaqtim oson kechdi. Chunki menga hamma sharoitni yaratib berishgandi. Menga yashashim yoqadi. Hamma narsa o‘zgaradi. Agarda klubda muammolar bo‘lganida, men yetti yil davomida bu yerda bo‘lmasdim. Men bu yerda o‘zimni baxtli sezaman. Agarda bu yerdan ketsam, bu o‘z xohishimga ko‘ra bo‘lmaydi. Bu vaqt amri va tanaffus olish zarurati sabab yuz berishi mumkin. Bu narsa YECHL sabab yuz berishi mumkin emas. Chunki u maqsad bo‘lishiga qaramay, unga mukkasidan ketmaganman. Ya’ni, doimo hayolimda faqat YECHLni yutish turmaydi".

"Ha, bu – katta orzu va maqsad. Ammo men YECHLni yutishda qanday raqiblar borligi va turnirning qanchalik murakkab ekanidan yaxshi xabardorman. Balki odamlar meni bu gapimga ishonmas, bahona qilyapti deb o‘ylar. Ammo men bu yerga YECHLni yutish uchun kelmaganman. Rahbariyat oldimga hech qachon bunday talab qo‘ymagan. Albatta, hamma kabi ular ham buni istaydi. Birinchi navbatda, o‘zim buning katta orzumandiman. "Bavariya"dan ham xuddi shunday edi. Har mavsumda YECHLda zafar quchishni istar edim. Ammo mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etsak, hecham g‘amni his qilmaganman. Yutgan paytimda ham o‘zimni dunyolar dahosidek ko‘rmasdim. Chunki futbolda g‘alaba va mag‘lubiyatlarlar – oddiy hol, ularning orasi bir qadam. Har qaysi jamoada faqat harakat qilganman. Lekin harakatlarim zamirida YECHL g‘olibligi turmagan".

 

Gvardiolaning fikricha, uni "Manchester Siti"da ushlab turgan yagona narsa bu jamoani yanada rivojlantirishdir. U yillar davomida katta yutuqlarga erishgan bo‘lsa ham, klubni bundan ham yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Gvardiola o‘z fikrini davom ettirar ekan, jumladan shunday deydi: "Men hozirda xafaman. Negaki, Angliya superkubogini boy berib qo‘ydik. Buning asosiy sababini esa o‘z darajamizda harakat qila olmaganimiz deb bilaman. Bu yerda esa men jamoani, o‘yinchilarni yaxshiroq bo‘lishi uchun harakat qilyapman. Hech narsa abadiy emas. Buni hamma biladi. Hatto "Manchester Siti" ham. Ha, jamoa so‘nggi yillarda muvaffaqiyatli harakat qilmoqda. Ammo bu ham bir kun kelib tugaydi. Hamma bizni 5 yilda 4 marta APLni yutganimizni biladi. Ammo biz bundan ham yaxshiroq bo‘lishga qodirmiz. Men shunday deb o‘ylayman. Aks holda, jamoadan ketardim. Agarda klub bu mavsumda nimadir yuta olmasa, men bu yerni tark etmoqchi emasman. Chunki futbolda g‘alabadan ko‘ra mag‘lubiyatlar normalroqdir. Balki ertaroq yoki kechroq, lekin bu albatta sodir bo‘ladi. Bir kun kelib, albatta YECHLda g‘alaba qozonamiz!".

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 21:57, 07.08.2022.
O'qildi: 1621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.