Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

"Chelsi" o‘z darvozaboni bilan yangi shartnoma imzolash borasida kelisha olmayapti

"Chelsi" o‘z darvozaboni bilan yangi shartnoma imzolash borasida kelisha olmayapti

Baho:
+ | -

"Chelsi" darvozaboni Eduard Mendi hozircha klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining yangi maoshini baholashda kelisha olmayapti. Manbaga ko‘ra, "Chelsi" hozirda Mendiga agentlari klubdan talab qilganidan ancha past maosh taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mendi 2020 yilning yozida "Chelsi"ga o‘tgan edi. Darvozabon Kepa Arrisabalaga bilan asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashda g‘olib chiqib, jamoaning birinchi raqamli darvozaboniga aylangandi. Shunga qaramay, ispaniyalik posbon klubda maosh olish bo‘yicha hamon birinchi o‘rinlardan birini egallab turibdi, senegallik darvozabon esa hattoki kuchli o‘ntalikka ham kirmaydi.

Mendining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:45, 08.08.2022.
O'qildi: 2233 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.