Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

APL. Birinchi turning eng chiroyli gollari (top-8)

APL. Birinchi turning eng chiroyli gollari (top-8)

Baho:
+ | -

2022-23 yilgi mavsumga start berildi. Angliya futbolining qaynoq tafti bizni o‘z og‘ushiga oldi. Ochilish uchrashuvlari bir-biridan qiziqarli o‘tdi. Tur "MYU" muxlislaridan tashqari, ko‘pchilik uchun hayajonli va zo‘r o‘tdi deyish mumkin. Quyida tur davomida kiritilgan eng yaxshi gollarni sanab o‘tamiz.

1. Darvin Nunyes – "Fulxem"ga qarshi

"Liverpul" Londonda "Fulxem" mehmoni bo‘ldi. Unda Klopp shogirdlari anchayin qiyinchiliklarga uchradi. 2-2 hisobida tugagan o‘yinda mehmonlar safidan zaxira futbolchisi sifatida o‘yinga qo‘shilib, gol urishga erishgan Nunyesni alohida ta’kidlash kerak. U golni o‘ziga xos uslubda kiritgan edi.

2. Uord-Provs – "Tottenxem"ga qarshi

"Sautgempton" birinchi turda eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoaga aylandi. Ammo dastlab, mehmonlar sardori Uord-Provs ajoyib golga mualliflik qilgandi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu jarima zarbasi emasdi. "Avliyolar" yetakchisi o‘z golini jarima maydonchasi yaqinida havodagi to‘pni to‘xtatmasdan yo‘llash orqali kiritdi. Afsuski, bu gol "Sautgempton"ga foyda keltirmadi.

3. Deyan Kulusevski – "Sautgempton"ga qarshi

Kulusevski mehmonlar muxlislarini ranjitgan golga mualliflik qildi. Shvesiya terma jamoasi a’zosi "Tottenxem"ning to‘rtinchi golini o‘z uslubida kiritdi. U jarima maydonchasini kesib o‘tib to‘pni Gavin Bazunu darvozasi pastki burchagiga yo‘lladi. Kulusevski golidan oldin Sessenyonning goliga assistentlik ham qilgandi.

4. Fabian Sher – "Nottingem"ga qarshi

Sher birinchi turda o‘zining APLdagi gollari sonini 10 taga yetkazib oldi. Uning goli o‘yinning 90 daqiqasida ro‘y berdi va uzoq masofadan kiritildi. "Nyukasl" himoyachisining zarbasi raqib darvozasi yuqori sohasiga borib joylashgan edi.

5. Kallum Uilson – "Nottingem"ga qarshi

Uilson o‘zining yuqori saviyaga ega ekanini namoyish qilgandi. U raqib darvozaboni Din Xendersonning ustidan to‘pni mohirona oshirib tashlaydi. Uning goliga Joyelinton yordam berdi. "Qarg‘alar" esa o‘z maydonida g‘alabaga erishdi.

6. Dyusberi-Xoll – "Brentford"ga qarshi

Kirnan Dyusberi-Xollning favqulotda iste’dodi "Lester"ga o‘tgan mavsumda rosa asqotgandi. U bu mavsumni ham gol bilan boshlab oldi. Uning birinchi zarbasiyoq golga aylangan. Bu zarba esa 30 yard uzoqlikdan beriladi. Ammo tulkilar o‘yin so‘ngida ustunlikni saqlab qola olmadi va durangga imzo chekdi (2-2).

7. Josh Dasilva – "Lester"ga qarshi

"Arilar" uchun bir ochkoni taqdim etgan golni mehmonlar safidagi Dasilva yo‘lladi. U maydonga zaxiradan tushdi va 6 daqiqa ichida gol urishga erishdi. Yosh futbolchi o‘zining 10 APL bahsida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dasilva hujumda har qanday raqibga bosh og‘rig‘i bo‘la oladi.

8. Erling Xoland – "Vest Xem"ga qarshi

Kevin De Bryuyne tomonidan uzatilgan pasni ajoyib qabul qilib, tana harakti va tezlik orqali raqib himoyachilarini ortda qoldirgan hujumchi, jamoasiga g‘alaba olib kelgan gollarni kiritgan edi. Xoland o‘zining ilk APL bahsida ikkita golni rasmiylashtirdi. Uning ikkinchi golini biz eng yaxshisi deb e’lon qilamiz. O‘ylaymizki, Xoland mavsumni shu zaylda "yondirish"da davom etadi. Harxolda, endi uning Nunyes bilan o‘zaro raqobati mavjud.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:04, 08.08.2022.
O'qildi: 2022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.