Hujumchi Andrea Belotti "Vulverxempton"ga erkin agent sifatida o‘tishdan bosh tortdi.
Ingliz klubi 28 yoshli futbolchiga 3 yil muddatga 3,5 million yevro maosh + bonuslar bilan shartnoma taklif qildi. Ammo Belotti faoliyatini Italiyada davom ettirmoqchi.
Hozirda u "Roma"ning yakuniy qarorini kutmoqda, rimliklar avvalo Eldor Shomurodovni "Bolonya"ga ijaraga yuborishi kerak.
O‘tgan mavsumda hujumchi "Torino" safida A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.