Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” — “Lokomotiv” qayerda o‘tkazilishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” — “Lokomotiv” qayerda o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda “Bunyodkor” stadioni chimini yangilash ustida ish olib borilmoqda. Shu boisdan “Bunyodkor” jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini boshqa o‘yingohda o‘tkazishi lozim.

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi “Bunyodkor” — “Lokomotiv” uchrashuvi mezbon klubning O‘zPFLga taqdim etgan xatiga asosan, Olmaliq shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Buni inobatga olgan holda O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan joy olgan mazkur uchrashuv avvaldan belgilanganidek 22 avgust kuni emas, balki 21 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi. Sababi Olmaliqdagi stadion 23 avgustda “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvini ham qabul qilishi kerak.

“Bunyodkor” — “Lokomotiv” o‘yini 21 avgust, yakshanba kuni Olmaliqdagi “OKMK” sport majmuasida soat 19:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 13:51, 11.08.2022.
O'qildi: 1835 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик