Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Anchelotti futbol tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan murabbiyga aylandi

Anchelotti futbol tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan murabbiyga aylandi

Baho:
+ | -

Har mavsumda Karlo Anchelotti erishgan yutuqlarni kuzatib borish tobora qiyinlashib bormoqda. Faqatgina ushbu kalendar yilining o‘zida italiyalik murabbiy quyidagi natijalarga erishdi:

- kuchli beshlikning (Premyer-liga, Bundesliga, A Seriya, Liga 1 va La Liga) barcha milliy chempionatlarda g‘olib chiqqan birinchi murabbiy;

– Chempionlar ligasida to‘rtta g‘alabaga erishgan birinchi murabbiy;

– Yevropa Superkubogini 4 marta yutgan birinchi murabbiy;

"Ayntraxt" ustidan qozonilgan g‘alaba Karlo Anchelottiga 24-kubokni keltirdi, bu esa uni tarixdagi eng nomdor italiyalik murabbiyga aylantiradi.

Yevropa Superkubogi uchun o‘yin oldidan "Real Madrid"ning amaldagi murabbiyi norasmiy reytingning birinchi pog‘onasini afsonaviy Jovanni Trapattoni bilan bo‘lishib turgan edi, ikkala murabbiyda ham 23 ta sovrin bor edi.

Aftidan, butun futbol olami Anchelottining natijalaridan hayratda qolgandek. Murabbiy bo‘lib, faoliyat yuritayotganlar u haqida juda iliq fikrlarga ega.

“Anchelotti - ajoyib tajribali mutaxassis. Karlo haqida yomon so‘z aytadigan odamni topa olmaysiz. Anchelotti - dunyodagi eng yaxshi taktikachilardan biri va uning muvaffaqiyati tasodif emas", - degan edi Trapattoni Karlo "Bavariya" bosh murabbiyi etib tayinlanganida.

"Anchelotti - futbol tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri, uning barcha unvonlari u haqida gapiradi. Bu zo‘r mutaxassis, u bilan futbol haqida suhbatlashish haqiqiy zavq! U har qanday raqibni qanday mag‘lub etishni biladi”, - degan edi Simone Inzagi bundan bir yil oldin “Inter” bilan “Real”ga qarshi o‘yin oldidan.

“U mening buyuk ustozim. Bu italiyalik eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi taktika o‘qituvchisi. Men undan hamma narsani o‘rgandim. Har safar u bilan kechki ovqatni yeganimda undan imkon qadar futbol haqida ko‘proq o‘rganishga harakat qildim. Bu ajoyib murabbiy va inson”, - dedi Luchano Spaletti “Roma” bosh murabbiyi sifatida.

"Karlo Anchelotti - mening yaxshi do‘stlarimdan biri va bu o‘yinda ko‘rgan eng yaxshi murabbiylardan biri", - degan buyuk ser Aleks Fergyuson.

“Men faqat bir narsani aytmoqchiman. Men Karloni tabriklamoqchiman, chunki ular haqiqatan ham g‘ayritabiiy ish qilishdi. Men ham juda xursandman, chunki u g‘alaba qozonganidan keyin ham uni "moda" boshqaruvchisi emasligi uchun tez-tez tanqid qilishadi. Lekin, har doim aytganimdek: "Moda o‘zgaradi, lekin klassika qoladi". Menimcha, Karlo "klassik" menejer. Hech qachon modadan chiqib ketmaydigan ko‘k yoki kulrang kostyum kabi”, Massimiliano Allegrining “Real Madrid”ning “Manchester Siti” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Chempionlar ligasi finaliga munosabati shunday bo‘lgan edi.

“U qancha murabbiylik qilganini bilmayman, lekin u Yevropaning eng yaxshi klublari – “Real Madrid”, “PSJ”, “Chelsi”, “Milan”, “Yuventus”, “Napoli” va hozirda “Everton”da ishlayapti. U hamma joyda muvaffaqiyatga erishdi. Men odamlar u haqida menejer va shaxs sifatida gapirganda nimani anglatishini bilaman. Men birinchi boshlaganimda u menga qanday g‘amxo‘rlik qilganini ayniqsa eslayman. Faoliyatimning dastlabki yillarida men u bilan “Milan”da tanishganman. U menga 1 yoki 2 ta "Milan" mashg‘ulotlarida qatnashishimga ruxsat berdi. U juda mehribon edi, biz hayot va futbol haqida ozgina gaplashdik”, - dedi Pep Gvardiola Angliya kubogi yarim finalida Karlo Anchelotti bilan yuzma-yuz uchrashuvda (o‘shanda italiyalik "Everton"da ishlagan).

"Men uni juda hurmat qilaman, u mening shkafimdagi ichki kiyim va ko‘ylaklar sonidan ko‘ra ko‘proq unvonlarni qo‘lga kiritdi", degan edi Yulian Nagelsmann hazillashib.

Kiritildi: 15:00, 11.08.2022.
O'qildi: 4345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.