Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Metallurg» futbol akademiyasiga tanlov davom etayapti

«Metallurg» futbol akademiyasiga tanlov davom etayapti

Baho:
+4 | -

Jahonning eng nomdor klubi, kuni kecha UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan – “Real” (Madrid, Ispaniya) futbol akademiyasi bilan hamkorlikda Bekobodning “Metallurg” futbol klubi qoshida faoliyat yuritayotgan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasiga yangi o‘quv yili uchun tanlov davom etmoqda. Tanlovning birinchi bosqichida 2011 yilda tug‘ilgan bolalar ishtirok etishdi. Akademiyaning tajribali seleksionerlari, murabbiylari hamda ispaniyalik mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan tanlovda eng iqtidorli deb e’tirof etilgan bolalar saralab olindi.

Xuddi shu yosh toifadagi nomzodlar uchun tanlovning ikkinchi qismi 15 avgust sanasida boshlanib, 25 avgustga qadar o‘tkaziladi. Shu o‘rinda akademiya uchun eng iste’dodli bolalar grant asosida o‘qishga qabul qilinishi aytib o‘tish lozim.

O‘z o‘rnida “eng ilg‘or yoshlar guruhi”ga qo‘shilmay qolgan nomzodlar xafa bo‘lishmasin. Chunki, xuddi shu yosh toifasi uchun kontrakt asosida ham guruhlar tashkil etiladi. Har oyda 3 (uch) million so‘m to‘lab, shartnoma asosida ham bolangizni o‘qitish imkoniyati mavjud. Bu xarajatlar “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasi o‘z tarbiyalanuvchilarining har kuni besh mahal ovqatlanishi, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy yotoqxonalarda istiqomat qilishi, turli musobaqalarga olib borib kelishi transport xizmati, boshdan oyoq sport kiyimlari bilan ta’minlashi hamda sport inventarlari (futbol to‘plari)ga sarflanadi.

Shuningdek, “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari zamonaviy ta’lim maskanida malakali o‘qituvchilardan o‘zlarining dunyoviy bilimlarini ham mustahkamlab borishadi. Ayniqsa, xorij tillari – ingliz hamda ispan tillaridan chuqurlashtirilgan tarzda bilim berilishini ta’kidlash lozim. Bu esa xalqaro arenalarda to‘p surishni ko‘ngliga tukkan bo‘lg‘usi top futbolchilar uchun kelajakda asqotishi aniq.

Bu yilgi tanlovning oxirgi uchinchi bosqichida 2011 yil va undan oldin tug‘ilgan yosh toifasidagi guruhlar yakuniy tarzda to‘ldiriladi hamda shakllantiriladi. Shunday ekan U-11, U-12, U-13, U-14, U-15, U-16 yosh toifalari uchun final tanlovi bosqichini o‘tkazib yubormang! Har yili akademiyaning eng iste’dodli yoshlaridan 50 nafari Ispaniyaga – “Real” (Madrid) akademiyasiga malaka oshirish uchun yuboriladi. Bu yil birinchi qaldirg‘ochlarimiz Madridda bo‘lib, olam olam taassurotlar bilan qaytishdi. Ular safida siz ham, Sizning farzandingiz ham bo‘lishini xohlasangiz, albatta bizga murojaat eting.

Murojaat uchun telefon raqamlarimiz:  +998974345959, +998994443174, +998908162436.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 19:19, 11.08.2022.
O'qildi: 2741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.