Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

"Neftchi" - "Paxtakor" yoxud o‘zbek "klasiko"si uchun prevyu

"Neftchi" - "Paxtakor" yoxud o‘zbek "klasiko"si uchun prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turida muxlislar o‘zbek klasikosiga guvoh bo‘lishadi.

Chempionatlarimizdagi eng jiddiy qarama-qarshilik sanalgan "Neftchi" va "Paxtakor" to‘qnashuvi Yaypanda bo‘lib o‘tadi. Har ikki klub o‘zaro o‘yinlarda bir-biridan eng ko‘p ochko tortib olgani ham jamoalarning o‘zaro o‘yinga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rsatadi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 55 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 26 g‘alaba, 9 durang va 20 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 92 to‘p kiritgan "Sherlar" 67 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Farg‘onadagi bellashuvlarning 15tasida "Neftchi" ustun kelgan bo‘lsa, 5 bahsda jamoamiz g‘alaba qozongan. Yetti o‘yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik natija bilan dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze har ikki jamoa tarkibida gol urgan o‘yinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘zbekona mumtoz to‘qnashuv 12 avgust, juma kuni Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:32, 11.08.2022.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.