Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

FIDE bosh direktori shaxmat Olimpiadasi haqida: «O‘zbekistonning g‘alabasi super sensasiya emas, biroq bu ulkan va munosib yutuq»

FIDE bosh direktori shaxmat Olimpiadasi haqida: «O‘zbekistonning g‘alabasi super sensasiya emas, biroq bu ulkan va munosib yutuq»

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) bosh direktori Emil Sutovskiy O‘zbekiston terma jamoasining Butunjahon shaxmat Olimpiadasidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

O‘zbekiston AQSHni ortda qoldirib, g‘alaba qozongani haqida
Bu juda katta yutuq, va albatta, kutilmagan holat. Biroq buni super sensasiya demagan bo‘lardim. O‘tgan yiliyoq, Jahon Kubogida ham, rapid bo‘yicha chempionatda ham o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar kuchli raqiblariga qarshi munosib dona surayotgani ko‘rinib turgandi.

Shu bois shaxsan men uchun ular AQSH terma jamoasidan boshqa hech kimdan qolishmasdi, garchi a’zolarining reytingi baland bo‘lmasa-da. Besh nafar amerikaliklar uch nafari musobaqaga yuqori formada kelmagani ko‘rinib qoldi.

Shu tariqa raqobatchilar u qadar ko‘p emas edi, buning ustiga hech kim yorqin ko‘rinmadi. Masalan, o‘zim O‘zbekistonning g‘alabasini Olimpiada tugashiga to‘rt tur qolganda bashorat qilgandim: ozgina omad va O‘zbekiston haqiqatda chempionga aylandi. Bu juda ulkan va munosib g‘alaba!

Nodirbek Abdusattorov borasida
Nodirbek allaqachon super yulduzga aylangan. Eslatib o‘taman, u 2021 yilning oxirida Karlsen, Nepomnyashiy va barcha-barchani ortda qoldirib, rapid bo‘yicha chempionga aylangandi. Yosh avlod yetakchilarini ajratib ko‘rsatadigan bo‘lsak, u Olimpiadadagi mutlaq eng yaxshi natijani namoyish qildi. Yana Gukesh Dommarajani ham unutmaslik kerak.

Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonda o‘tgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 11 turda 19 ochko to‘plab (8 g‘alaba, 3 durang), oltin medalga ega chiqdi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonliklar mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:40, 12.08.2022.
O'qildi: 2880 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.