Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Yong "MYU"dan ko‘ra, "Chelsi"ni afzal ko‘radi

De Yong "MYU"dan ko‘ra, "Chelsi"ni afzal ko‘radi

Baho:
+ | -

The Telegraph xabariga ko‘ra, "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klubdan ketgan taqdirda "Manchester Yunayted"dan ko‘ra, "Chelsi"ni afzal ko‘radi.

Mankunianliklar butun yoz davomida de Yongni klubga qo‘shilishga ko‘ndirish uchun harakat qildi, ammo hozircha "Chelsi" Frenki uchun birinchi tanlovdir.

"Barsa" yarim himoyachi bilan maosh va bonuslarni qaytarish masalasida murosaga kelsa, yozda uni sotishga tayyor.

Iyul oyi o‘rtalarida "MYU" "Barselona" bilan Frenki transferi miqdori bo‘yicha kelishib olgandi, biroq futbolchi Manchester klubiga o‘tishni istamagani uchun muzokaralar to‘xtab qolgandi.

Kiritildi: 17:05, 14.08.2022.
O'qildi: 2812 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик