Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

"Manchester Yunayted"ning "Brentford"ga qarshi o‘yindagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Manchester Yunayted"ning "Brentford"ga qarshi o‘yindagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu APL 2-turi doirasida "Brentford"ga qarshi o‘yinda (0:4) "MYU"ning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.

"Manchester Yunayted" futbolchilarining ushbu o‘yindagi harakatlariga baho bergan Manchester Evening News shunday deb hisoblaydi.

Himoyachilar Lyuk Shou va Lisandro Martines, shuningdek, yarim himoyachi Fred 10 ballik baholash sistemasida 0 ball olishdi. Bu futbolchilarning barchasi tanaffusda almashtirildi.

Darvozabon David De Xea, himoyachi Garri Maguayr, yarim himoyachilar Kristian Eriksen va Brunu Fernandesh, vinger Jeydon Sancho va hujumchi Markus Reshford bir ballga loyiq ko‘rildi. Himoyachi Diogu Dalotning harakatlari ikki ochko bilan baholandi.

Birinchi daqiqalardan maydonga tushganlar orasidan "MYU"ning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. Uning o‘yini uch ochko bilan baholandi.

O‘yin davomida zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar Tirell Malasia va Rafael Varan besh ochkodan olgan bo‘lsa, yarim himoyachi Skott Maktominey va vinger Entoni Elanga to‘rttadan ochko oldi. Donni van de Bek maydonda kam vaqt o‘tkazgani uchun baholanmadi.

"MYU" bosh murabbiyi Erik ten Xag esa 2 ballga loyiq ko‘rildi.

Kiritildi: 17:18, 14.08.2022.
O'qildi: 3989 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик