Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Qo‘qon-1912" - "Navbahor". Prevyu

“Qo‘qon-1912" - "Navbahor". Prevyu

Baho:
+ | -

Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912 ” - “ Navbahor ” uchrashuvi 16 avgust kuni Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Vodiy derbisi” oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

“Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 33 bor kuch sinashishgan. 8 ta uchrashuvda “Qo‘qon-1912”ning qo‘li baland kelgan. “Navbahor” 18 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 7 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 62-36. “Navbahor” o‘zaro o‘yinlarda 61 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912” esa 31 ochkoni qo‘lga kiritgan.
So‘nggi bor bu jamoalari o‘tgan 2022 yilning 17 mart sanasida, superliganing 3-turi doirasida uchrashishgan. Namangandan bo‘lib o‘tgan o‘sha o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Ushbu jamoalarning so‘nggi sakkizta uchrashuvda qayd etilgan natijalari bilan tanishing:

17.03.2022 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 2:0
27.11.2021 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 2:3
01.08.2021 Qo‘qon 1912 – Navbahor - 1:2
03.12.2020 Qo‘qon 1912 – Navbahor - 1:1
28.08.2020 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 0:1
01.12.2019 Qo‘qon 1912 – Navbahor - 1:1
10.03.2019 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 1:1
31.03.2018 Qo‘qon 1912 – Navbahor - 1:0

Hakamlar

Yaypandagi “O‘zbekiston” nomli stadionda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi “vodiy derbisi”ni, Ahrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘lishdi. Ahrol Risqullayev bu mavsumda, shu kungacha superliganing 8ta bahsini boshqarib borgan. Bu o‘yinlar mobaynida FIFA hakami hisoblangan Risqullayev 45 ta sariq va 2ta qizil kartochka ko‘rsatgan. Darvozalar tomon esa 5 ta penalti belgilagan.

Superliga. 16-tur
16 avgust, seshanba
QO‘QON-1912 — NAVBAHOR
Yaypan. "O‘zbekiston" stadioni. 19:00
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Sardor Nishonboyev, Avazbek Abdullayev, Xushnud Suyunboyev
VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev
AVAR hakami: Ziyodullo Abdurahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Aleksandr Davidenko

Boshlanish vaqtlari

"Qo‘qon-1912" — "Navbahor" uchrashuvi 16 avgust, seshanba kuni, soat 19:00da start oladi. Uchrashuv Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlar tarkiblari o‘rtasidagi bahs esa 18 avgust kuni Qo‘qondagi 2-BO‘SMga qarashli stadionda bo‘lib o‘tadi.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 08:49, 15.08.2022.
O'qildi: 1654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.