Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller Germaniya chempionatining 2-turida “Volfsburg” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Amaldagi chempion 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Yangi mavsumning ilk o‘yinini muxlislarimiz bilan o‘tkazganimdan juda xursandman. Stadionda aql bovar qilmaydigan muhit hukm surdi, ob-havo ajoyib edi va biz g‘alaba qozondik. O‘z darvozamiz dahlsizligini saqlab qoldik va bundan xursandmiz. Keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlashni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Myuller klub matbuot xizmatiga.
Bundesliganing 3-turi doirasida "Bavariya" "Boxum" jamoasi bilan bellashadi.













