Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vlaxovich: "Di Mariya aql bovar qilmaydigan futbolchi"

Vlaxovich: "Di Mariya aql bovar qilmaydigan futbolchi"

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich jamoadoshi Anxel di Mariyani maqtadi.

Argentinalik futbolchi A Seriyaning birinchi turida “Sassuolo”ga qarshi o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, so‘ng serbga golli uzatmani amalga oshirdi va Vlaxovichning dubli yakunda “Yuventus”ga yirik g‘alabani keltirdi (3:0).

“Anxel bilan o‘ynash katta zavq. Atrofda shunday chempionlar borligi ajoyib. Men uning yordami uchun minnatdorman. U bugun aql bovar qilmas edi”, - deydi Vlaxovich o‘yindan keyingi intervyusida.

22 yoshli hujumchi liga to‘purarlari poygasida o‘zining istiqbollari haqidagi savolga ham shunday javob berdi: "Asosiysi - jamoa. "Yuventus" chempion bo‘lsa va men A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lmasam, albatta shikoyat qilmayman", - dedi Vlaxovich.

 

Kiritildi: 10:29, 16.08.2022.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик