Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Neftchi" klub haqida yozilgan maqolaga raddiya berdi

"Neftchi" klub haqida yozilgan maqolaga raddiya berdi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi haqida yozilgan maqola yuzasidan klub matbuot xizmati raddi berdi.

"Axborot maydonida xabarlar oqimi kuchaygani sari ishonchli va to‘g‘ri manbalarni aniqlash dolzarblashmoqda. Sir emas, odamlar ba’zan yolg‘on xabarlarga ham duch keladi. Shunday vaziyatlarda “feyk” ekan, degan so‘zlar quloqqa chalinadi.

“Sariq” matbuotdagi mish-mishlar (feyk) asosan jiddiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni yoki moliyaviy manfaatni ko‘zlab tarqatiladigan yolg‘on xabarlardir.

Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yiling 15 avgust kuni bloger Olimjon Haydarovning shahsiy kanali tomonidan yolg‘on ma’lumotlarga to‘la, mish-mishlarga asoslangan “O‘zbek futbolidagi qallobliklar. Klublar jamg‘armasi, byudjeti, smetasi. Klublarda mlrdlab pul yuvish sxemalari. Shu bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilmoqda. Kimda ma’lumotlar bo‘lsa, ulashinglar” degan maqola orqali “Neftchi” PFK faoliyati bo‘yicha asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot berilgan va qo‘shimchasiga foydalanuvchilardan ma’lumotlar bo‘lsa berishlarini so‘ralgan.

«Neftchi» PFK ochiqlik va oshkoralik mezonlarini hurmat qilgan holda har qanday ma’lumotlarni ochiqlashda va jurnalistik faoliyatlarga ma’lumotlar berishga doyim eshigimiz ochiq.

«Neftchi» PFK O‘zbekiston Professional futbol ligasining reglamentiga to‘liq rioya qilgan holda hozirda O‘zbekiston Professional futbol ligasining Superliga musobaqasida qatnashmoqda. Hozirgi kunda Superligada ishtirok etayotgan Respublikamizning barcha proffesional futbol klublari kabi «Neftchi» PFK ham moddiy tehnik bazasini ho‘jalik hisobidagi, homiylik mablag‘lari va klub o‘zi ishlab topgan pullar hisobidan faoliyat olib bormoqda, jamoamiz smetasiini mavsum avvalida O‘FA tomonidan tasdiqlanadi.

Maqolada Superligada 80 mlrd pul sarflangani, pulning asosiy qismi klubda yangi kelgan futbolchi uchun maosh yozish orqali o‘zlashtirilgani , yangi futbolchi yiliga 2 mlrd so‘m maosh tayinlangani xaqida yozib o‘tilgan , ushbu maqola faqat yolg‘on va mish-mishlarga urg‘u berilgan , bu ma’lumotlar xech qanday asosga ega emas, yolg‘on ma’lumot va asossiz tasdiqlanmagan gaplardir, bu esa O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikigida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Maqolada ko‘rsatilgan gap so‘zlar klubni faqat obro‘sizlantirish uchun qilingan bo‘lib, futbol muhlislaridan bunday asoslanmagan maqolaga ishonmaslikni so‘raymiz zero klubning bosh maqsadi Farg‘ona viloyatimiz futbolini yuqori o‘rinlarga olib chiqish, klubning avvalgi mavqeyini tiklashga va superligada o‘zining o‘rniga ega bo‘lishi yaqin yillarda medallar uchun kurashishga qaratilgan.

Aniq faktlarga ega bo‘lmagan maqola yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikigida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha Sud organlariga da’vo kiritilishi xaqida ma’lum qilamiz" - deyiladi farg‘onaliklarning rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 13:04, 16.08.2022.
O'qildi: 2667 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.