Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" eng yomonlarning eng yaxshisi aniqlanadi: "Yunayted" APLda oxirgi o‘rinda, "qizillar" 9 nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" eng yomonlarning eng yaxshisi aniqlanadi: "Yunayted" APLda oxirgi o‘rinda, "qizillar" 9 nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi

Baho:
+ | -

Kimdir g‘alaba orqali kichik inqirozdan chiqib ketadi, yana kimdir esa 3-turdayoq mavsumni muvaffaqiyatsiz deb atashi mumkin.

"Manchester Yunayted" APL 2-turi yakunlariga ko‘ra turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda. Erik ten Xag shogirdlari mavsumning dastlabki ikki uchrashuvida birorta ham ochko ololmadi, o‘z maydonida "Brayton"ga (1:2) va "Brentford"ga safarda imkoniyatni boy berdi (0:4).

"Manchester Yunayted" navbatdagi o‘yinni 22 avgust kuni o‘tkazadi. "Qizil iblislar" bu safar mavsum avvalini muvaffaqiyatsiz boshlagan (2 o‘yin - 2 durang) "Liverpul"ni qabul qiladi. Klopp jamoasi nafaqat dastlabki ikki turda 4 ochko yo‘qotdi, balki tarkib bilan bog‘liq muammolar mavsum avvallidanoq boshlangandi. "Qizillar" safida naq 9 nafar futbolchi mankunianliklarga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Mersisayd klubida o‘yinni faqatgina jarohatlanganlar emas "Kristal Pelas"ga qarshi bahsdagi (1:1) tajovuzkor xatti-harakati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan siylangan Darvin Nunyes ham o‘tkazib yuboradi. "Benfika"dan sotib olingan urugvaylik yosh iqtidor kechagi harakatlari uchun kamida uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi kutilmoqda.

"Liverpul" safida jarohat va diskvalifikasiyalar tufayli keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Kuivin Kellexer

Joel Matip

Ibraxima Konate

Kelvin Ramzi

Tyago Alkantara

Kyortis Djons

Aleks Oksleyd-CHemberlen

Keyd Gordon

Roberto Firmino

Diogu Jota

Darvin Nunyes

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:15, 16.08.2022.
O'qildi: 5823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик