Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Davron Fayziyev: “Futbolchi universal bo‘lishi kerak”

Davron Fayziyev: “Futbolchi universal bo‘lishi kerak”

Baho:
+ | -

Superliganing 16-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Qo‘qonliklar ustozi o‘z so‘zini odatga ko‘ra, o‘ytn haqidagi fikrlari bilan boshladi.   

-  O‘yindan oldin aytmoqchi bo‘lgan ozroq gapim bor: bugungi o‘yinga ikkala jamoaga yaxshi sharoitlar yaratib bergani uchun “Turon” rahbariyati va ishchi-xodimlarining barchasiga rahmat aytmoqchiman. O‘yindan oldin muxlislar bizga ishonib, qo‘llab-quvvatlashdi. Ularga jamoamiz nomidan katta rahmat aytaman. Bundan keyin ham “Qo‘qon-1912”ga ishonishlari va qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini so‘rab qolaman.

O‘yin borasida to‘xtaldaian bo‘lsam, haqiqiy derbi bo‘ldi. Ikkala jamoa muxlislari ham zo‘r olqishlashdi. Ikkinchi derbida yana ishqibozlar g‘alaba qozondi, deb o‘ylayman. Bugungi o‘yinda har ikki klubga ochko juda zarur edi. Bu – futbol. Xudoning aytgani bo‘ladi. Biz harakat qilamiz. Bugungi uchrashuv uchun yigitlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Oxirigacha harakat qilishdi. Faqat jarohatlar bo‘lgani yaxshi bo‘lmadi, hozir futbolchilarimizning holatini aniq bilmayman, ertaga tekshiruvdan o‘tishganidan keyin bilamiz. Xoh chempionat, xoh O‘zbekiston kubogi  o‘yinlari bo‘lsin, oxirigacha kurashamiz. Turnir jadvalidagi o‘rnimiz bizga mos emas, yigitlar bundan yuqorisiga loyiq. Ishlashda davom etamiz.

- Zaxiradagi futbolchilarga imkoniyat beryapsiz. Bugun asosiy tarkibda to‘p surgan Vahobovning o‘yiniga qanday munosabat bildirasiz?

-  Futbolchining o‘yiniga baho berish muxlislarning ishi. Biz murabbiylar shunday kasbni tanlaganmiz, qaysi o‘yinda qaysi o‘yinchiga ishonch bildirishni tanlash kerak. Ilhom Vahobovni maqtamoqchi emasman. Unda hali xato va kamchiliklar bor. Sehrgar emasman. Mashg‘ulotlarda ishlayapmiz, ishonch bildirish muhim. Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatdimi, o‘yinga tayyor deb maydonga tushiryapman. Qolgani futbolchining o‘ziga bog‘liq. Ilhom bugungi uchrashuvda yomon harakat qilgani yo‘q. Yana ishlashda davom etsa, uni potensiali bundan-da yuqori. Uni maqtay olmayman. Chunki bosh murabbiy hech qachon biror uchrashuvdan yoki o‘yinchidan 100 foiz qoniqdim, deb ayta olmaydi.

O‘yinda durang bo‘ldi. Biz yutganimiz yoki yutqazganimiz yo‘q. Ha, muxlislarga yoqadigan shiddatli o‘yin bo‘ldi. Bosh murabbiy bo‘lib kelganimdan keyin 3 ta o‘yinda 3 ta durang o‘ynadik. Agar shu haqda mendan so‘rasangiz, uning o‘rniga 2 ta yutib, 1 ta yutqazgan ma’qulroq edi. Bu ham natija, Xudoga shukr. Hozirgi kunda turnir peshqadami “Navbahor” hisoblanadi. Tayyorgarlikka kirishganimizda bugungi o‘yindagi kamchiliklar ko‘rsatiladi va tushuntiriladi. Hamma joyda rahbarlar natija talab qiladi.

-  Jamoangiz o‘yinidan va natijadan qoniqdingizmi? “Navbahor” turnir peshqadami edi. Bugungi o‘yinda bir ochkoga ega bo‘ldik, deb o‘ylaysizmi?

-  Bilmadimu, o‘zim uchun javob beraman. Natijadan qoniqqanim yo‘q. O‘tgan safar “Olimpik” bilan o‘yindan keyin ham aytgandim: qoniqqanim yo‘q. Chunki oxirgi pas va oxirgi yakunlovchi zarba baribir yetishmayapti.

-  Ammo peshqadamdan bir ochko oldinglar...

-  Peshqadam turdan-turga o‘zgarib turibdi. Bizning ham kam joyimiz yo‘q. Har bir jamoaning o‘z maqsadi va yo‘nalishi bor. Sizga savol beraman, imkoniyat kimda ko‘p bo‘ldi?

-  O‘yin deyarli teng kurashlar ostida o‘tdi...

Mayli, teng kurash, tan olaman. Lekin imkoniyat kimda ko‘proq bo‘ldi? Bizni darvozabon nechta seyv qildi? “Navbahor” darvozaboni nechta seyv qildi? Qolgani statistika, qog‘ozda. Natija tabloda turibdi. Bu yerda ortiqcha gapning hojati yo‘q. Murabbiy sifatida natijadan qoniqmadim. Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi.

-  Jamshid Hasanov asosan yarim himoyada o‘ynardi, bugun o‘ng qanot himoyasida to‘p surdi...

Jamshid Hasanov oldin ham o‘ng qanot himoyasida to‘p surgan. “Mash’al”da ham, “Qo‘qon-1912”da ham. Faqat bugun Avaz Mamatxo‘jayev biroz shamollab qolgandi. Kecha isitmasi ko‘tarilgan ekan. Uni maydonga tushirib tavakkal qilishni xohlamadim. Bu vaziyatda hech qanaqa muammo ko‘rmayapman. Biz qanotlar tezkorligi uchun Jamshidni qo‘ydik. Hech kimni yomon o‘yin o‘tkazdi deya olmayman. “Navbahor”da asosiy figura Iskanderov edi. Uni yanada ko‘proq yopa olganimizda, bundan-da osonroq bo‘lishi mumkin edi, bizga. Futbolchi universal bo‘lishi kerak. Faqat ikkita joyda: darvozabon va markaziy himoyada haqiqiy egalari o‘ynaydi, ular boshqa pozisiyada o‘ynashmaydi. Qolganlari o‘ng, chap qanotlar yoki oldinga qo‘ysa o‘sha yerda ham to‘p surishga tayyor bo‘lishlari kerak.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 09:35, 17.08.2022.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.