Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Yangi mavsumda kuzatishingiz shart bo‘lgan 7 futbolchi

Yangi mavsumda kuzatishingiz shart bo‘lgan 7 futbolchi

Baho:
+ | -

2022/23 yilgi mavsum allaqachon boshlanishga ulgurdi. Ba’zi klublar transfer bozorida ishlashda davom etmoqda. Kelajak yulduzlarini kuzatish vaqti keldi. Ko‘pgina o‘yinchilarda yulduz maqomiga erishish imkoniyati mavjud. Navbatda yangi mavsumda albatta kuzatishingiz shart bo‘lgan yosh futbolchilar haqida gapiramiz.

“Karim Adeyemi” (20 yosh)
Klub: “Borussiya Dortmund”

Adeyemi "Borussiya Dortmund"ga yangi kelgan. Futbolchi shu yozda “RB Zalsburg”dan nemis klubiga o‘tgan edi. Transfer summasi 30 million yevroni tashkil qildi. Yosh hujumchi Avstriyada ham, Chempionlar ligasida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, shuning uchun uning yuqoriga ko‘tarilishi kutilgandi. Endi Karim faoliyatida yangi, qiyinroq bosqich boshlanadi. Aller anchadan beri safdan chiqqanini inobatga olsak, Adeyemi yangi chempionatda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Gavi (18 yoshda)
Klub: “Barselona”

O‘tgan mavsum Gavi uchun "Barselona"ning asosiy tarkibida birinchisi bo‘ldi. Yosh yarim himoyachi ancha yaxshi o‘ynadi. O‘tgan mavsumda ispaniyalik barcha musobaqalarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. La Masia bitiruvchisining o‘sishi bu mavsumda ham davom etishi kerak. "Barselona" bilan shartnomasi yana 1 yilga mo‘ljallanganligi sababli, bir qancha klublar futbolchi uchun qiziqishmoqda. Biroq “ko‘k-anorranglilar” futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolishlariga ishonchlari komil.

Niko Gonsales (20 yoshda)
Klub: “Barselona”

Gavi bilan bo‘lgani kabi, o‘tgan mavsum Gonsales uchun ham "Barselona"ning asosiy jamoasi bilan birinchisi bo‘ldi. Nikoning ko‘rsatkichlari biroz oddiyroq: barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma. Yarim himoyachi ijara asosida "Valensiya"ga o‘tdi. Yangi mavsumda uni kuzatish yanada qiziqarli bo‘ladi, chunki Jennaro Gattuzo o‘z jamoasida faqat motivasion o‘yinchilarni ko‘rishni xohlaydi.

Aureliyen Tchuameni (22 yosh)
Klub: “Real Madrid”

Tchuameni yozgi mavsumda "Real"ga yangi kelgan kam sonli futbolchilardan biriga aylandi. “Qaymoqranglilar” yarim himoyachi uchun 80 million yevro to‘lashdi. Bonuslar bilan birga, miqdor yuz millionga ko‘tarilishi mumkin. Bunday raqamlarni inobatga olsak, yangi mavsumda futbolchiga bo‘lgan e’tibor juda zo‘r bo‘ladi. Fransuz eng istiqbolli yarim himoyachilardan biri sanaladi. Tchuameni o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqara oladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. "Monako"da o‘ynash "Real"da o‘ynash bilan bir xil emas. Boshqa tomondan, "blankoslar" yarim himoyachini uzoq muddat jamoada olib qolmoqchi, aks holda uning uchun katta pul to‘lamagan bo‘lardi.

Xulian Alvares (22 yosh)
Klub: “Manchester Siti”

Alvares juda istiqbolli hujumchi bo‘lib ko‘rinmoqda. 22 yoshida u "River Pleyt" tarkibida 119 o‘yin o‘tkazib, 53 gol urgan va 31 golga assistentlik qilgan. Bu yosh hujumchi uchun juda yaxshi ko‘rsatkichlar. “Manchester Siti” futbolchi uchun atigi 17 million yevro to‘lagan. Xosep Gvardiola futbolchidan umidlari katta. Argentinalik va Erling Xoland o‘rtasidagi raqobat qanchalik jiddiy bo‘lishini kuzatish juda qiziq bo‘ladi. Albatta, "sharliklar"ning norvegiyalikda umidlari katta, biroq Alvares ham o‘z imkoniyatlarini qo‘lga kiritadi, u bundan yaxshiroq foydalanishi kerak.

Sharl de Ketelare (21 yosh)
Klub: “Milan”

De Ketelare o‘tgan mavsumda ancha yuqori saviyada o‘ynadi va jiddiy klublar e’tiborini tortdi. U "Bryugge" safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Milan" hujumini kuchaytirish uchun o‘yinchi qidirdi va juda yaxshi variant topdi. belgiyalik yosh markaziy hujumchi, hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynay oladi. "Rossonerilar" "Bryugge"ga 32 million yevro to‘ladi.

Ansu Fati (19 yosh)
Klub: “Barselona”

Fati nafaqat Ispaniyada, balki butun Yevropada allaqachon o‘z nomiga ega. Shu bilan birga, u haligacha yosh va istiqbolli o‘yinchi bo‘lib qolmoqda. 2019/20 yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yindan so‘ng, La Masia bitiruvchisi "Barselona"da Lionel Messining o‘rniga tayyorlandi. Biroq, yosh vinger oldingi ikki mavsumda La Ligada bor yo‘g‘i 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchini jiddiy jarohatlar ta’qib qilmoqda. Ammo “qorong‘u” vaqtlar tugagan bo‘lishi kerak. Fatida tiklanish uchun yetarlicha vaqt bor edi, shuning uchun bu mavsumda u nihoyat nima uchun butun La Liga unga umid qilayotganini ko‘rsatishi kerak.

Kiritildi: 15:16, 17.08.2022.
O'qildi: 7354 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.