Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Nevill Ronalduga qarata: "Tur va gapir!"

Nevill Ronalduga qarata: "Tur va gapir!"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchilaridan biri Gari Nevill jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning so‘nggi fikrlariga javob qaytardi. U futbolchining "yaqinda hammasini ochiqlaydigan intervyu beraman" degan gaplariga munosabat bildirdi. Nevill bunga javoban kutmaslikni va o‘sha gaplarini hoziroq gapirishini so‘ragan. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida shunday yozadi:

"Tushunmayman, nega dunyoning eng yaxshi futbolchisi "Manchester Yunayted" muxlislariga haqiqatni aytishi uchun ikki hafta kutishi kerak? Undan ko‘ra, hoziroq tur va gapir! Klub inqirozga yuz tutgan. U liderlarning yordamiga muhtoj. Ronaldu bu vaziyatni keskin o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi".
Besh marta "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 2022-23 yilda YECHLda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. U shu sababdan jamoadan ketishni istab turibdi. "MYU" rahbariyati avvaliga uni sotishdan bosh tortayotgandi. Ammo Erik ten Xag ortiq Ronalduni jamoada ko‘rmoqchi emas. Krishtianu esa ketishidan oldin butun ommaga klub ichida yashiringan "xufiyona sir"ni ochiqlamoqchi.

Ronaldu o‘z Instagram sahifasida shunday yozadi: "Hamma bir necha hafta ichida barcha haqiqatni bilib oladi. Ommaviy axborot vositalari faqat yolg‘on ma’lumot bermoqda. Men o‘z qayd daftarimga so‘nggi oylar davomida 100 ta yangilikni yozib oldim. Ularning faqatgina 5 tasi haqiqat edi xolos. Tasavvur qilyapsizmi? Mana shunday yolg‘onlar atrofida yashayapmiz".

Ronalduning barcha haqiqatlarni aytib tashlashi kutilayotgan intervyusi, bir xabar ortidan yuzaga keldi. Unda Ronaldu Yevropadagi bir nechta klublarga o‘zini taklif qilgani aytilgan. Bu esa hujumchini, tabiiyki, jahlini chiqaradi. Krishtianu Ronaldu o‘zini, yana kamida ikki yil yuqori darajada futbol o‘ynay olishiga ishonadi. Shu sababli, u o‘zining qolgan davrini Yevropa ligasini bekorga sarflash niyatida emas.
"MYU"ning yangi murabbiyi ten Xag dastlab Ronalduni klubda olib qolishga, rejalariga kiritishga qarshi emasdi. Ammo klub afsonasining o‘zi, ketishga harakat qilayotganini bilib, fikrini o‘zgartirgan.

Portugaliya terma jamoasi a’zosi bundan bir yil ilgari "MYU"ga katta qaytish qilgandi. Garchand, klub o‘tgan mavsumni 6 o‘rinda yakunlagan bo‘lsa ham, u jamoasiga 24 ta goli va 3 ta assisti bilan yordam berdi. Biroq, bu mavsumda Ronaldu hali gol urmadi. Ayni damda esa "Manchester Yunayted"dek klub APLning 20 o‘rinida bormoqda. Jamoa 3-turda o‘z uyida "Liverpul" bilan bahs olib boradi.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:00, 17.08.2022.
O'qildi: 8253 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.