Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

"Manchester Yunayted"ni "cho‘ktirgan" sabablar

"Manchester Yunayted"ni "cho‘ktirgan" sabablar

Baho:
+ | -

"MYU" shu kunlarda futbol ommasining e’tibor markazida bo‘lib turibdi. Chunki klub qulashda davom etmoqda. Bugun ham sizlarga "qizil iblislar"ni shu holatga olib kelgan ayrim voqealar haqida aytib bermoqchimiz. Quyida shu haqida gap boradi.

Gleyzerlar davridagi harakatlar

Bundan roppa-rosa 10 yil oldin, "Manchester Yunayted" "Arsenal"dan Robin van Persini xarid qilgandi. Niderlandiyalik futbolchi o‘sha davrda APLning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. U "Arsenal" bilan so‘nggi mavsumida 30 ta gol urgandi. 2012-13 yilgi "MYU"dagi ilk davrida esa 26 ta golga mualliflik qiladi. O‘shanda so‘nggi bor Fergyuson jamoani chempion qilgan. Shundan so‘ng, u ketadi! Gleyzerlarning 17 yillik "MYU"ga egaligini, shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin: Fergyuson davri va post-Fergyuson davri. Gleyzerlar klubni sotib olgach, Fergyuson bilan sakkiz yil ichida 5 marta APLda chempion bo‘lgadi. Uch marta YECHL finaliga chiqib, 1 marta uni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, ichki musobaqalarda 3 ta liga kubogini, qolaversa, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini yutgan. Ammo u ketganidan keyin, mana 10 yildirki, Angliya chempionligi yo‘q. Ustiga-ustak, 10 yilning eng yomon starti aynan mana shu mavsumda ro‘y berdi. Ayni paytda jamoa 0 ochko bilan turnir jadvalining eng pastida bormoqda.

Fergyuson almashtirib bo‘lmaydigan murabbiy edi

Fergyusonsiz davr klub uchun o‘ta og‘ir kechdi. Ular na APLni yutishdi va na YECHLni. "MYU" to‘qqiz yildan beri YECHLning chorak finalidan uyog‘iga o‘ta olmaydi. Ammo jamoada bir nechta kichikroq sovrinlar bor. Masalan, 2016 yilgi Angliya kubogi, liga kubogi va 2017 yilgi Yevropa ligasi. Murabbiylar esa juda ham tez almashtirilmoqda. Erik ten Xag 10 yil ichidagi 8-murabbiy. Bundan ko‘rinib turibdiki, Fergyuson almashtirib bo‘lmas daho edi.

"MYU" raqiblaridan ancha ortda qolmoqda

Fergyuson davrida jamoa faqatgina ikki mavsumda chempionlardan 10 ochko farq bilan APLni boy bergan ("Arsenal", 2003-2004; "Chelsi", 2004-2005).
2014 yildan beri esa "MYU" hech qachon mavsumni chempionlardan 10 ochko kam holda yakunlamagan. Bu borada eng yaqini Sulsherning 2020-21 yilgi davriga to‘g‘ri keladi. O‘shanda "MYU" 12 ochko farq bilan "Manchester Siti"dan keyingi 2 o‘rinni egallaydi.

Hujum va himoyadagi katta farqlar

"Manchester Yunayted" 2013 yilga qadar APL o‘yinlarining o‘rtacha 11 foizida gol ura olmay kelgan. Ammo Fergyuson ketgach, bu ko‘rsatkich ikki baravarga oshib, 22 foizga yetdi.
Qolaversa, quruq o‘yinlarda ancha salbiy tomonga o‘zgarish bo‘lgan. Fergyuson davrida klub o‘rtacha 48 foiz bahsini quruq o‘tkazgan. Undan keyingi 10 yillikda bu ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etmoqda.

Pulning ko‘p va samarasiz sarflanishi

2014 yildan to hozirga qadar "MYU" transferlar uchun jami 1,2 milliard funt ajratgan. Bu esa butun APL transferlarining 9 foizini tashkil etadi. Pul sarflash borasida faqat "Manchester Siti" hamda "Chelsi" "qizil iblislar"dan oldinda. Bunday ko‘p sarf-xarajatlarga qaramasdan, klub qolgan kuchli oltilik jamoalaridan mavsumiy olib qaraganda, kam futbolchi olib kelgan. Bu o‘rtacha 4-5 ta futbolchini tashkil etadi. Taqqoslash uchun qolgan klublarda bu ko‘rsatkich 6-7 ta futbolchiga teng. Ya’ni "qizil iblislar" futbolchilarni nisbatan qimmat narxlarga sotib olgan.
Ammo bu yoz yuqoridagi ma’lumotlardan mustasno. Chunki yoz davomida "MYU" Angliyada o‘z raqiblari ichida eng kam pul sarflagan jamoaga aylandi va tarkibga atigi uchta futbolchini jalb etdi.

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 21:22, 17.08.2022.
O'qildi: 7296 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.