Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Monako" o‘zining ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi

"Monako" o‘zining ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

"Monako" klubi o‘z futbolchilari - Kayo Enrike va Vandersonlar bilan yangi shartnoma imzolangani haqida rasman xabar berdi. Braziliyalik futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Vanderson shu yilning yanvar oyida "monegasklar" safiga qo‘shilgan edi, u "Gremio"dan 11 million yevroga sotib olingandi. "Monako" libosida u 26 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Enrike "Monako" klubiga 2020 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. U "Atletiko Madrid"dan sakkiz millionga sotib olindi. Braziliyalik futbolchi "Monako" safida 87 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 10:13, 18.08.2022.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик