Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! Simeone "Napoli" bilan shartnoma imzoladi

Rasman! Simeone "Napoli" bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

"Napoli" "Verona" hujumchisi Jovanni Simeone bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Neapolliklar 27 yoshli argentinalik futbolchini 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olishdi, agar futbolchi jamoada o‘ynab, ma’lum ko‘rsatkichlarga erishsa, futbolchini sotib olish majburiyga aylanadi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "Napoli" forvardning ijarasi uchun 3,5 million yevro to‘laydi, sotib olish bandida ko‘rsatilgan summa 12 million yevroni tashkil qiladi.

Simeone o‘tgan mavsumda "Verona" tarkibida 35 o‘yinda 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 17 million yevroga baholamoqda.

Jovanni Simeone Argentina, “Inter” va “Lasio”ning sobiq hujumchisi, hozirda “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeonening o‘g‘li hisoblanadi.

Kiritildi: 15:36, 18.08.2022.
O'qildi: 1474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик