Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Klubga Angliyaning eng boy shaxsi da’vogarlik qilmoqda – "Manchester Yunayted"ning tongi otadimi?

Klubga Angliyaning eng boy shaxsi da’vogarlik qilmoqda – "Manchester Yunayted"ning tongi otadimi?

Baho:
+ | -

"MYU"ning bugungi egalari bo‘lgan Gleyzerlar oilasi klubning ayrim aksiyalarini sotishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo hozir butunboshli jamoani sotib olishga da’vogar shaxs paydo bo‘lgan. Uning ismi Jim Retkliffdir. Jim Buyuk Britaniyadagi eng katta biznesmenlar qatoriga kiradi. Manbalarga ko‘ra, u 11 milliard funtga egalik qiladi. Agarda Gleyzerlar xohlasa, Retkliff jami qiymati 5 millard funtlik klubni sotib olib, "to‘liq nazorat"ni o‘z qo‘liga olishi mumkin. Bu haqida biznesmenning matbuot kotibi shunday deydi:

"Agarda bu klub sotiladigan bo‘lsa, Jim uni sotib olishga tayyor. Rahbariyat rozi bo‘lsa, biz hoziroq muzokaralar o‘tkazib, klubni uzoq vaqtlik egasiga aylanishimiz mumkin. Gap bu yerda sarflanadigan pul haqida ketayotgani yo‘q. Gap qadriyatlar haqida ketmoqda".
Ushbu holatga "MYU"ning sobiq yulduzi Anderson ham munosabat bildirdi. U shunday deydi: "Ser Jim shu yerlik odam. Uning klubga qancha pul sarflashi ahamiyatsiz. Muhimi, u "MYU"ning yuragini, muxlislar tilagini yaxshi biladi. Ser Jim bu klubning muxlisi. Shu sababli men uni yangi egaga aylanishini istayman. Gleyzerlarning klubda qiladigan ishi qolmadi. Ular ketishi kerak. Ishonchim komilki, dunyodagi millionlab "Manchester Yunayted" muxlislari ham shuni istashadi".

O‘tmishda klubning direktori bo‘lib ishlagan Maykl Nayton ham vaziyatga o‘z bahosini berdi. U shunday deydi: "Gleyzerlar xonadoni "MYU"ning global brendiga zarar yetkazdi. Mening ularga shaxsiy adovatim yo‘q. Ammo ular qo‘llayotgan model xatodir. Oxirgi paytlarda ular klubga katta mablag‘ ajratmay qo‘ydi. Buni "MYU"ning transfer bozoridagi holatidan ham ko‘rishimiz mumkin. Qolaversa, "Old Trafford"ning ham hozirgi ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi".

Hafta boshida Gleyzerlar 2005 yildan buyon "MYU" transferlariga jami 1,1 milliard funt sarflagani ma’lum bo‘lgan edi. Ayni damda esa klubning qarzlari ham ancha ko‘payib qolgan. Ayrim manbalarda uning qiymati 627 million funt ekani aytiladi. "Manchester Yunayted" yangi mavsumning dastlabki ikkita uchrashuvini boy bergandi. Hozir esa ular jadvalning quyi pog‘onasida turibdi. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday ko‘rinish olarkin. Jim Redkliffga esa bu borada omad tilaymiz. Agarda u "MYU"ni sotib olishni uddalasa, jamoada qaytadan qurish ishlari boshlanishi aniq. Harxolda, hozirgi muammolarning tag zamirida haqiqatdan ham Gleyzerlar yotgan bo‘lsa, qayta qurish hammasini o‘zgartirishi mumkin.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:50, 18.08.2022.
O'qildi: 4411 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.