Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bernardu Silva orzusidagi jamoasiga o‘ta oladimi?

Bernardu Silva orzusidagi jamoasiga o‘ta oladimi?

Baho:
+ | -

Bu yozda "Barselona"ning transferlarini tomosha qilish naqadar hayajonli bo‘lib qoldi! Bir doston tugashi bilan boshqasi boshlanib ketyapti. Endi navbat Bernardu Silvaga. U Kataloniya poytaxti jamoasiga o‘tadimi? Potensial transferning asosiy tafsilotlarini sizga havola qilamiz.

"Barsa" allaqachon Bernardo bilan kelishib bo‘lgan. Ammo ikkita muammo bor

Bu haqida insayder Nikolo Skira ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, yarim himoyachi bilan to‘rt yillik shartnoma allaqachon kelishib olingan, qolgani esa "Siti" bilan transfer summasini kelishib olish. "Barsa" portugaliyalik uchun 60 million yevro taklif qilishga tayyor va yaqin orada rasmiy taklif bilan chiqmoqchi.

Transferga nima to‘sqinlik qilishi mumkin? Birinchidan, "Siti" bilan shartlarni muhokama qilishdan oldin, "Barsa" kim bilandir xayrlashishi kerak. Ikkinchidan, ingliz klubi ko‘p qirrali yarim himoyachi bilan xayrlashishni umuman istamayapti. Nufuzli The Athletic nashrining ta’kidlashicha, "Siti" Bernarduni 100 million yevroga sotishga tayyor va chegirma qilmoqchi emas.

Pep Gvardiola ham o‘zing sevimli futbolchisi saqlab qolmoqchi. Lekin The Athletic nashrining yozishicha jamoa uni majburlab ushlab qolmoqchi emas.

"Men ko‘p marta aytganman, eng muhimi futbolchining xohishi. Men jamoadagi hamma umumiy maqsadda birgalikda ishlashdan xursand bo‘lishini istayman. Albatta, agar Bernardu shu yerda qolsa xursand bo‘lardim, u jamoaning kiyinish xonasi uchun o‘ziga xos shaxs, ammo keyin nima bo‘lishini bilmayman.

Nima bo‘lishi kerak bo‘lsa, bo‘ladi. Klublarning kelishuvi bor, futbolchilarning xohish-istaklari bor, lekin men ularni amalga oshirish yo‘lini to‘sadigan odam emasman. Men jamoada eng yaxshi o‘yinchilarni ko‘rishni istayman, shuning uchun ham Bernardu Silva qolishini yuz foiz istayman”, dedi Gvardiola.

Shu bilan birga, Gvardiola insayderlarning ma’lumotlarini tasdiqladi: "Barsa" haligacha "Siti"ga Bernardu bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. Silvaning o‘zi ketishga tayyorligiga shama qilmoqda.

Bernarduning so‘zlarini boshqacha talqin qilish qiyin bo‘ladi. U bir hafta oldin aytgan so‘zlari: “Men har doim bu yerda baxtli ekanligimni aytganman, lekin kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Ko‘ramiz. Jamoadagilar nima istayotganimni bilishadi. Qolsam baxtli bo‘laman, bu klubni doim hurmat qilganman va qo‘limdan kelganini qilaman. Agar qolmasam, bu futbol. Keling, nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Bernarduning "Siti"dan "Barsa"ga o‘tish istagi juda g‘alati. Futbol nuqtai nazaridan, bu, albatta, orqaga qadam bo‘ladi: kataloniyaliklar hali ham qayta qurish jarayonida. O‘z navbatida, "Siti" kuboklarni kafolatlaydigan top klub maqomida bo‘lib turibdi.

Keling, bu transferni Robert Levandovskining hikoyasi bilan taqqoslaylik. U ham top-jamoada o‘ynadi, ammo beqaror "Barsa"ga kelib qo‘shildi. Hujumchining transferini tushunsa bo‘ladi: u deyarli butun faoliyatini Germaniyada o‘tkazdi va 33 yoshida vaziyatni o‘zgartirib, yangi maqsadlar sari intildi.

Bernarduning holati esa boshqacha. U Levandovskidan besh yosh kichik, u Portugaliyada faoliyatini boshlagan va “Siti”ga o‘tishdan oldin ikki yilni “Monako”da o‘tkazgan. Bizda bu vaziyat haqida ikkita tahmin bor. Birinchisi uning oilasi bu transferni talab qilmoqda. Ikkinchisi uning o‘zi Laportaning yangi loyihasi tarkibida o‘ynamoqchi.

Bernarduning “Barselona”ga o‘tishi haqiqatmi yoki yo’q, buni 31 avgustgacha bilib olamiz.

Kiritildi: 16:22, 18.08.2022.
O'qildi: 2572 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.