"Brayton" hujumchi Denni Uelbek bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirdi.
“Denni kelganidan beri biz uchun ajoyib darajada o‘ynamoqda. U tezda jamoamizga qo‘shildi va yetakchiga aylandi. U jamoaga juda ko‘p narsa beradi va biz u bilan ishlashni davom ettirishga qat’iy qaror qildik", - deydi jamoa bosh murabbiyi Grem Potter.
Uelbek o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 27ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Uelbek "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Arsenal"da ham o‘ynagan.