Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Har qanday hikoyaning yakuni bor! Ronaldu faoliyatini tugatishi kerak

Har qanday hikoyaning yakuni bor! Ronaldu faoliyatini tugatishi kerak

Baho:
+-1 | -2

 Dunyodagi eng mashhur shaxs - keraksiz. Krishtianu Ronaldu butun yoz bo‘yi o‘ziga jamoa qidirdi, lekin barcha ishlar “chappasiga” ketdi: portugaliyalik "Atletiko" va "Chelsi"ga o‘ta olmadi, unga "Bavariya" rad javobini berishdi va hatto kecha - "Borussiya Dortmund" ham.

To‘rt yil oldin kimdir Dortmundning "Borussiya"siga Ronalduni sotib olishni taklif qilgan bo‘lsa, muxlislar bunday taklifni aprel hazili deb hisoblagan bo‘lardi.

So‘nggi to‘rt yil ichida futbol jadl suratda o‘zgardi: unda Xosep Gvardiolanikidek tizimli futbol katta saxnaga chiqdi.

Shunday ekan, nima uchun Krishtianu hech kimga kerak emasligini ancha sodda tushuntirish mumkin: fevral oyida u 37 yoshga to‘ldi. Portugaliyalik qaysidir ma’noda shu yoshda ham yaxshi futbol ko‘rsata olishiga hammani ishontira oladi. Ammo uslub boshqa! Ronaldu murabbiylardan ham kattaroq nom. Uning har qanday harakati jamoa muxitiga ta’sir qiladi.

Yaxshi futbolchi deymizku, ammo vaqt o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda: Krishtianu pressing ishlatishda deyarli qatnashmay qo‘ydi. Gol urishi ham nisbatan kamaydi. To‘g‘ri bu jamoaga ham bog‘liq ish. Ammo avvalgi KriRoning bir o‘zi ham ko‘p narsaga qodir edi.

37 yoshida portugaliyalik shunchaki oddiy hujumchiga aylandi: u sermahsullik ko‘rsata oladi, lekin buning evaziga u g‘ayrioddiy maosh va qiroldek bo‘lishni istaydi - u erta almashtirilishni istamaydi va o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga o‘z vaqtida kelmaydi.

Demak, savol tug‘iladi: bunday futbolchi kimga kerak? Hatto Xorxe Mendesh ham hech narsa qila olmayapti: Ronalduni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi klubga biriktirish imkonsiz vazifa ekani ma’lum bo‘ldi.

Endi Krishtianuning bitta yo‘li bor. Futbol o‘zgarganiga va u qariyotganiga rozi bo‘lib nafaqaga chiqish. Shunchaki, qayerda bo‘lsa-da o‘z sport formasini saqlab qolishi va so‘nggi mundialida ishtirok etib, chiroyli yakun qilishi kerak.

Men bahslashmayman, Krishtianuning eng zo‘r bo‘lishga bo‘lgan ishtiyoqi uni Krishtianuga aylantirdi. Shu tufayli dunyo unga muxlislik qildi, lekin har qanday hikoyaning yakuni bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:19, 20.08.2022.
O'qildi: 9433 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.