Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ana Cheminava: «Ikkinchi o‘yin qiyin bo‘ladi»

Ana Cheminava: «Ikkinchi o‘yin qiyin bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Ayollar futbol klublari o‘rtasida Osiyo chempionatining G‘arb mintaqasi g‘olibligi uchun "So‘g‘diyona-W" va Eronning "Bam Xatun" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda durang qayd etildi (1:1). Uchrashuvdan so‘ng jizzaxliklar futbolchisi Ana Cheminava o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uchrashuv issiq havoda boshlandi. Dastlabki bo‘lim qiyin bo‘ldi. Chunki biz ko‘p kuch yo‘qotdik. Ammo yaxshi o‘ynashga harakat qildik. Biz ikkinchi bo‘limda konsentrasiya va kerakli kuchni saqlab qola oldik. Ikkinchi o‘yin qiyin bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramay g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu uchrashuv «So‘g‘diyona» jamoasi va men uchun Osiyo chempionatidagi dastlabkisi hisoblanadi. Bugungi o‘yin menga juda yaxshi tajriba bo‘ldi. Keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Siz media xodimlariga esa o‘z minnatdorchiligimni bildiraman", — dedi Ana Cheminava.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 00:54, 21.08.2022.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик