Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

«MYU» – «Liverpul». Yurgen Klopp bahsdan oldin nimalar dedi?

«MYU» – «Liverpul». Yurgen Klopp bahsdan oldin nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. U jurnalistlarning ayrim savollariga javob berdi. Quyida ushbu intervyuning muhim qismi e’tiboringizga havola etiladi.


«Liverpul»ning «Old Trafford»dagi so‘nggi ikkita natijasi jamoaga yordam beradi deb o‘ylaysizmi?

«Bu savolingizga yo‘q deb javob beraman. Endilikda, u natijalar o‘yinimizga ijobiy ta’sir qila olmaydi. To‘g‘ri, jamoaga biroz motivasiya berishi mumkindir. Ammo hozir jamoalar butunlay boshqacha vaziyatda. MYU bu o‘yinda yutadi yoki yutqazadi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Bahs bizga ham murakkablik qiladi. Chunki hech qaysi zamonda MYU bilan mehmondagi bahslarimiz oson kechmagan. Jamoalar u maydonda ikki bor durang qayd etgan. Shunday ekan, oldindan bir nima deyish qiyin. Butun dunyo o‘yinni kuzatishi aniq. Men raqib hujumchisi bo‘lgan Marsyalni bizga qarshi maydonga tushishidan xabardorman. U tezkor va texnikali futbolchi. Raqibning yarim himoyasi yuqori saviyaga ega: Eriksen, Fernandesh, Fred – haqiqiy sifat. Bizda esa aynan shu hududda muammolar mavjud. O‘ylaymanki, raqibdan ustun jihatlarga ega emasmiz».


Gleyzerlarga qarshi norozilik fonida, agarda o‘yin qoldiriladigan bo‘lsa, sizda boshqa rejalar bormi?

«Ha, bor. Avtobusda yana uyga qaytib ketamiz. Umid qilamanki, bahs qoldirilmaydi. Agarda shunday bo‘lsa, menimcha, uch ochko bizga beriladi. Biz tashqaridagi voqealarga ta’sir eta olmaymiz. Ammo muxlislar tartibsizlik uyushtirsa va o‘yin qoldirilsa, biz bu bahsni qaytadan o‘tkazmaymiz. Negaki, mavsum o‘ta og‘ir va oldinda o‘yinlarimiz ko‘p. Bunday holatlarda qoidaga ko‘ra, raqibga ochko yoziladi. Ammo biz o‘ynab uch ochkoga ega bo‘lmoqchimiz».


Roberto Firmino o‘yin uchun tayyor bo‘ladimi?

«Bobbi (Roberto Firminoning laqabi) hamma kabi mashg‘ulotlarda qatnashdi va o‘ylaymanki, u o‘yinga tayyor!».


Jo Gomes asosiy tarkibda bahsni boshlashi mumkinmi?

«Ha, u bahsni asosiyda boshlaydi. Menimcha, bu futbolchi uchun katta imkoniyat. Jo o‘tgan yakshanba kuni, yengil jarohatdan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi. Bizda Fillips varianti ham bor. Ammo Jo qaytgani uchun, uni sinab ko‘rmoqchimiz».


Darvin Nunyes bilan «Kristal Pelas»ga qarshi bahsdagi qizil kartochkasi yuzasidan gaplashdingizmi?

«Albatta, biz u bilan suhbatlashdik. Darvin o‘z qilmishidan afsusda. Aslida, bunday voqeani, uning yoshida bo‘lgan istalgan futbolchi sodir etishi mumkin edi. U hissiyotga berilib ketdi. Oldinlari bizda bunday holatlar yuz bermagani, rost. Nunyes esa o‘zining harakatlarini xato ekanini tushungan».


Nabi Keytaning «Liverpul»dagi kelajagi so‘roq ostidami?

Men bu «yangilik»ka javob berishim kerak. Bu gapni qayerdan olgansiz, bilmadim. Ammo uning jamoadan ketishi ehtimoli ‐ 0,0 %. Shunchaki, anchadan beri Keytaning mazasi yo‘q edi. Hozir esa u yana safimizga qaytdi va hozir hammasi joyida. Hech bir futbolchi maydonga tushmaganidan xursand bo‘lmaydi. Bu – tabiiy hol. Ammo Nabi bilan munosabatlarimiz yaxshi".

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:49, 21.08.2022.
O'qildi: 5899 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.