Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Viktoriya – kelin yoqtirmas qaynona...

Viktoriya – kelin yoqtirmas qaynona...

Baho:
+ | -

Devid Bekxemning «abadiy» latofatli turmush o‘rtog‘i Viktoriya Adams xonim yana mojaro markazida.

Amerikaning Page Six sayti xabariga qaraganda, Angliya milliy jamoasi sobiq yarim himoyachisi hamxonasi to‘ng‘ich o‘g‘li - Bruklinning mahbubasi Nikola Pelts bilan sira kelisholmayapti. Ularning o‘rtasida allaqachon «sovuq urush» boshlangan...

Aytishlaricha, ikki xonim o‘zaro gaplashmaydi, bir-biriga sira toqat ham qilolmaydi. O‘rtadagi mojaro aprel oyi, ya’ni Bruklin va Nikolaning to‘yidan buyon davom etmoqda. Boyligi 1,4 milliard dollarga baholangan mashhur milliarderning  qizi - Nikola Pelts 27 yoshli aktrisa, «Transformerlar» filmlari yulduzi. Bruklin Jozef Bekxem esa 23 yoshda. Uning model va moda dizayneri yo‘nalishini tanlaganida Viktoriya xonimning ta’siri bor, albatta. Har holda, mashhur sobiq xonanda futbolga nisbatan moda olamiga ko‘proq qiziqadi.

Qiziq, mojaro asosi nima? Gap shundaki, Nikola bo‘lajak qaynonasining to‘yni rejalashtirish ishlarida qatnashishini xohlamagandi. Tabiiyki, bu Spice Girls guruhi sobiq xonandasiga aslo yoqmadi. Peltsga esa Viktoriyaning Bruklinga haddan ortiq e’tibor beraverishi ma’qul emas. Nikola ehtimolki, Viktoriyaning mashhurligiga ham hasad qilar... Shuningdek, oilaviy munosabatlarga Britaniyaning Tatler jurnali muqovasiga chiqarilgan Nikolaning surati va sarlavha ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin: «Yangi Bekxem xonim». OAVda yozilishicha, Viktoriya shundan so‘ng o‘g‘li bilan ham gaplashmay qo‘ygan...

Matbuotdagi shov-shuvlar Pelts xonimning hissiy holatini yuzaga chiqardi. U juma kuni ijtimoiy tarmoqqa ko‘z yoshlari bilan «yuvilgan» suratini qo‘yib, qisqacha izoh yozdi: «Hammada odamlar tufayli o‘zini yomon his qiladigan kunlar bo‘ladi va bunda yig‘lab olishingiz tabiiy hol». Bruklin Bekxem esa darhol mahbubasini qo‘llab-quvvatladi: «Ajoyib qalb egasisan va seni shundayliging uchun sevaman». Viktoriya esa hozircha uning qalbini bilolmayapti, chog‘i…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:21, 22.08.2022.
O'qildi: 2879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.