Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ronaldu APLning dastlabki uch o‘yinida foydali harakatlari bilan ajralib turmadi

Ronaldu APLning dastlabki uch o‘yinida foydali harakatlari bilan ajralib turmadi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" o‘yinlarini golsiz yakunlamoqda.

37 yoshli hujumchi APL 3-turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga (2:1) qarshi o‘yinda zaxirada qoldi. U 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Bu mavsumda Premyer-liganing dastlabki uchta o‘yinida Krishtianu gol ura olmadi va golli uzatma ham ko‘rsatmadi.

Portugaliyalik 1-turda "Brayton" bilan o‘yinda (1:2) 53-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, 2-turning "Brentford"ga qarshi uchrashuvi (0:4) to‘liq o‘ynadi.

O‘tgan mavsumni hisobga oladigan bo‘lsak, hujumchining "MYU"dagi golsiz seriyasi 4ta o‘yinga yetdi.

Klub uchun oxirgi marta Ronaldu 2 may kuni - APLning 35-turida "Brentford" darvozasiga penaltidan gol urgan (3:0).

Kiritildi: 10:23, 23.08.2022.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик