Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Arsenal»ga «keldi-ketdi»lar haqida

«Arsenal»ga «keldi-ketdi»lar haqida

Baho:
+ | -

«Arsenal» so‘nggi ikki yil davomida keraksiz futbolchilarini sotish orqali 101 million funt foyda ko‘rgan. 2019 yilning dekabrida olib kelingan Mikel Artetaga katta pul oladigan, ammo keraksiz deb hisoblangan a’zolarni asta-sekin «tozalash» vazifasi ham yuklangandi. Quyida hozirga qadar amalga oshirilgan ayrim «in-out»lar haqida so‘z boradi.

«Arsenal» o‘tgan mavsum boshida David Luis bilan xayrlashgandi. Undan oldin esa Villian bilan. Bu orqali klub haftasiga 290 ming funtni tejab qoladigan bo‘ldi. Sead Kolashinas hamda Kalum Cheymberslar ham sotib yuboriladi. Ular «Marsel» hamda «Aston Villa»ga yo‘l olishdi. Bu ham jamoaga ancha foyda berdi. Sobiq sardor - Obameyangni qo‘yib yuborish orqali esa yiliga 16 million funt saqlab qolindi. Shuningdek, bu yozda Matteo Genduzi «Marsel»ga 9 million funtga pullandi. Lukas Torreyra esa «Galatasaray» uchun 5 million funtga tushfi. Bernd Leno mahalliy klub bo‘lgab «Fulxem»ga 8 million funtga sotildi. Mana shunday qilib, sekin-astalik bilan Arteta jamoa tarkibini optimallashtirdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, «Arsenal» 2021 yilning yozidan beri futbolchilarni sotish orqali jami 101 million funt ishlab olgan. Bu miqdor, eng katta xarid bo‘lgan Jo Uillokning ketishi sabab ancha ko‘paygan. Yarim himoyachi bir yil oldin «Nyukasl»ga 25 million funtga transfer qilingandi. O‘tgan mavsum davomida Torreyra hamda Meytlend-Naylz ijaraga berilgandi. Bu esa «Arsenal»ga 2 million funtdan ortiq foyda olib kelgan. Jamoa himoyachilari bo‘lgan Konstantinos Mavropanos hamda Deniyel Ballard «Shtutgart» hamda «Sanderlend»ga jami 5 million funtga sotib yuborilgandi. Shunday qilib, klubning olgan foydasi 101 millionni tashkil etdi. Undan 62 millioni futbolchilarning maoshidan tejalgan bo‘lsa, 39 millioni bevosita ularni sotish orqali to‘plangan.

Ha, jamoa bu orqali 101 million ishlagandir. Ammo «Arsenal»ning ikki mavsum davomida sarflagan puli ikki barobar ko‘proqdir. Klub Angliyada pul sarflash borasida ikki mavsumdan beri yetakchiga aylandi. Mikel Arteta hozirgacha futbolchi olib kelish uchun 218 million funtdan voz kechdi. Bu esa «Chelsi»nikiga qaraganda 1 millionga ko‘pdir. Shunga qaramay, «Chelsi» 1 sentyabrga qadar «Arsenal»ni ortda qoldirishi taxmin qilingan.
«Arsenal» 218 millionni qayerga sarfladi degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Pul quyidagi futbolchilarni olib kelishga sarflandi: Ben Uayt (50 million), Gabriel Jezus (45 million), Oleksandr Zinchenko (32 million), Fabiu Viyeyra (34 million) hamda Martin Edegor (30 million). Bu transferlarning hammasi «Arsenal»ni, o‘zining tarixiy makoni bo‘lgan YECHL futboliga qaytarish uchun qilindi. Aytish muminki, jamoa tanlagan strategiyasi asta-sekin ishlashni boshladi. Buni ayni damda «Arsenal»ning APL yetakchisi bo‘lib turganidan ham ko‘rishimiz mumkin.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:42, 23.08.2022.
O'qildi: 2173 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.