Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Liverpul" ustidan qozonilgan g‘alaba Ten Xagga ishonchni qaytardi, Kloppdan esa aksincha. "Qizillar"ni yana eski muammosi qiynayapti

"Liverpul" ustidan qozonilgan g‘alaba Ten Xagga ishonchni qaytardi, Kloppdan esa aksincha. "Qizillar"ni yana eski muammosi qiynayapti

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” startdagi omadsizlikdan so‘ng nihoyat “Liverpul”ni mag‘lub etdi. Bu qanday sodir bo‘ldi?

Noroziliklar

"Manchester Yunayted"ning mavsum boshlanishidan kutish mumkin bo‘lganidek, dastlabki ikki turda ikkita mag‘lubiyat!. Qolaversa, "Liverpul" fonida o‘z nomlari bilan hayratda qoldirmaydigan "Brentford" (0:4) va "Brayton" (1:2)dan. Yurgen Klopp jamoasi bilan uchrashuvdan nimani kutish mumkinligini tasavvur qilish qo‘rqinchli edi. Muxlislar esa natijani kutmay, o‘yin boshlanishidan oldin “MYU” xo‘jayinlariga yana bir bor o‘z noroziliklarini bildirishga qaror qilishdi.

Ular Gleyzerlar oilasiga qarshi qo‘shiqlar aytib, stadionga haqiqiy yurish qilishdi. Kortejda minglab muxlislarni to‘plandi, ularning talablari azaldan ma’lum. Ular amerikalik oilani klub bilan yo‘llarini ajratishga va ularni klubning buguni va kelajagiga e’tiborliroq bo‘ladigan egalariga topshirishga chaqirmoqda.

"Manchester Yunayted"ni sotib olishga jiddiy qiziqish bor. Xususan, Britaniyaning eng boy odami ser Jim Ratkliff shuni xohlamoqda. Buni uning matbuot kotibi shu oy boshida The Times gazetasiga bergan intervyusida tasdiqladi. "Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin ham klub egaligini o‘zgartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi: «Ko‘pchilik «Manchester Yunayted» muxlislari klub egalaridan norozi, chunki klub so‘nggi yillarda hech qanday sovrin yutmagani bor gap. Ammo ular birinchi kundanoq Gleyzerlar oilasidan norozi edilar. Bu davom etadi va buning oxiri yo‘qdek ko‘rinmoqda. Muxlislarning hafsalasi pir bo‘ldi”, — deydi Kin.

Bu safar polisiya yoki "Liverpul" muxlislari bilan qattiq to‘qnashuvlar bo‘lmadi. Ular «Manchester Yunayted»dagi hamkasblarining barcha dardlarini tushungan ko‘rinadi, ammo bu ularni prinsipial raqobatdan chalg‘itmadi.

Biz “Manchester Yunayted”ning mavsumni yomon boshlagani haqida, “Brayton” va “Brentford”ga qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlar haqida, yarim himoyadagi to‘liq muvaffaqiyatsizlik, bir-biriga o‘xshash transfer kampaniyasidagi kamchiliklar haqida gapirmoqchimiz. Ammo “Liverpul”ning holati umuman boshqacha. Negaki, «qizillar» chempionlik uchun «Manchester Siti» bilan to‘qnash kelishlari taxmin qilinmoqda.

Ammo “Fulxem” (2:2) va “Kristal Pelas” (1:1) bilan duranglarni maqbul natija deb atash qiyin, “Manchester Siti” va “Tottenxem” esa “Liverpul”dan besh ochkolik farq bilan oldinda, “Arsenal” esa yetti ochko ko‘proq to‘plagan. Jamoada konsentrasiya, individual xatolar va jarohatlar bilan bog‘liq muammolar mavjud. Har doimgidek, turli omillar bir-biriga mos keladi. Xullas, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" o‘rtasidagi o‘yinda ikkala jamoa ham chempionatdagi ilk g‘alaba va yomon ahvolini to‘g‘irlashga urinishlari kutilgandi.

Aslida “Liverpul” fonida “MYU”ning pozisiyasi tanqidiy ko‘rinmadi va bu o‘yindan keyingi kuchlar muvozanati buni tasdiqlaydi. Endi “Yunayted” mersisaydliklardan yuqorida. Erik ten Xag shogirdlari uch ochkoga ega. G‘alaba butun mavsum uchun kalit bo‘lishi mumkin.

Ten Xag hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan bir necha xulosalar qilgan. U Maguayrning obro‘sini va unga to‘langan pulni saqlab qolishdan bosh tortdi. Xarri uzoq vaqtdan beri masxara bo‘lib kelgan, murabbiylar uning kamchiliklarini yashirishga urinib, hali ham markaziy himoyachiga ishonishlarini ochiq aytishgan. Biroq endi u uchun hammasi tugadi shekilli. Varan va Martines bahsni asosiy tarkibda boshlashdi, Maguayr esa zaxirada qoldi. Rafael va Lisandro bir necha bor o‘z jamoasiga yordam berib, ajoyib o‘yin o‘tkazishdi. Uzoq vaqtdan beri "MYU" himoyasining ishonchliligiga ishonmagan edik.

Bundan tashqari, maydon markazida Ten Xag "MakFred" juftligiga imkon bermadi. Eriksen maydon markazida ishonchli o‘ynadi, unda hech bo‘lmaganda tanqidiy muvaffaqiyatsizliklar yo‘q edi. Orqadagi islohotlardan keyin «Manchester Yunayted»ning hujumi butunlay boshqacha tarzda o‘ynadi va uzoq kutilgan natijani keltirdi.

Sancho va Elanga nihoyat o‘zlariga berilgan avanslarni oqlay boshladilar va Reshford butsalarining changini artib, yana eski formasiga qaytdi. Uchrashuvning debyuti "Yunayted" uchun omadli bo‘ldi. Hisob o‘ninchi daqiqadayoq ochilishi mumkin edi, ammo Elanga darvoza to‘siniga zarba berdi. Oradan olti daqiqa o‘tib esa Sancho Elangining zarbasiga javob qaytargan holda mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Aytgancha, goldan so‘ng darhol Milner va van Deyk o‘rtasida unchalik chiroyli bo‘lmagan epizod yuz berdi. Jeyms Jeydon bilan jang qilishda juda passiv bo‘lgan jamoadoshiga baqirib yubordi.

"Liverpul" o‘yinini ozmi-ko‘pmi tiklay oldi, faqat birinchi bo‘lim oxirlarida. O‘sha paytga kelib "Manchester Yunayted" ko‘proq gol urishi mumkin edi. Tanaffus oldidan De Xea ham bir necha bor seyvlar namoyish etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa qarshi hujumdagi klassik harakat o‘z samarasini berdi. Reshford "Liverpul" himoyachilarining sarosimaga tushib qolganini his qildi — 2:0 va “qizillar”ning ayanchli holati, ularni faqat Salohning yagona goli biroz taskin berdi. "Manchester Yunayted" pastki zonadan birdaniga 14-o‘ringa ko‘tariladi, "Liverpul" esa 16-o‘rinda.

Raqamlar

“Liverpul” uchrashuvda 70 foiz to‘pga egalik qildi. Ammo bu uning o‘yin ustunligi haqida gapirishga imkon bermaydi. "Manchester Yunayted" aniq qarshi hujum modelini qurdi. "Qizillar" 17 ta zarbaga 14 ta zarba bilan ustunlikka erishgan bo‘lsada, nishonga yo‘naltirilgan zarbalar soni taxminan teng - 5 ga 4, "Liverpul" foydasiga. Shu bilan birga, birinchi bo‘limda "Liverpul" umuman aniq zarba berolmadi. 

Saloh “Liverpul” safida “Manchester Yunayted” darvozasiga 10 ta gol urdi. Bu klublar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir. Jerrard to‘qqizta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Reshford qatorasiga 17 o‘yindan beri gol ura olmayapti. "Liverpul"ga qarshi bu goldan oldin Markus shu yilning yanvar oyida "Vest Xem"ga gol urgan edi.

«Liverpul» APLda 21 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmagan. 2021 yil 28 dekabrdan davom etib kelgan seriya to‘xtatildi. Bu vaqt ichida “qizillar” besh marta durang o‘ynab, 16 marta g‘alaba qozonishgan. «Manchester Yunayted»dan oldin APLda «Liverpul»ni mag‘lub etgan oxirgi klub «Lester» bo‘ldi.

Ketma-ket 8 o‘yinda shu paytgacha "Manchester Yunayted" "Liverpul" ustidan g‘alaba qozona olmagan. “Yunayted” so‘nggi bor 2018 yil mart oyida g‘alaba qozongan. O‘shandan beri "Liverpul" besh marta g‘alaba qozongan, uch marta durang o‘ynagan.

"Liverpul" 2012 yildan beri birinchi marta chempionat boshida ketma-ket 3 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. O‘sha mavsumda "qizillar" faqat oltinchi turda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi va yakunda Premyer-ligada atigi yettinchi o‘rinni egallashgandi.

Kiritildi: 12:46, 23.08.2022.
O'qildi: 2984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.