Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Andrey Fyodorov Shomurodov va O‘runov haqida fikr bildirdi

Andrey Fyodorov Shomurodov va O‘runov haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Rubin" klubi sobiq futbolchisi hamda "Neftchi" va "Lokomotiv" klublari sobiq bosh murabbiyi Andrey Fyodorov "Biznes Onlayn" nashriga bergan intervyusida Eldor Shomurodov va Oston O‘runov haqida to‘xtalib o‘tdi.

— Vatandoshlaringiz Eldor Shomurodov va Oston O‘runov haqida nima deya olasiz?
— Shomurodov men uchun o‘z mehnatlari evaziga muvaffaqiyatga erishgan futbolchi hisoblanadi. U o‘smirlik paytida yetuk futbolchi bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar yo‘q edi. Ammo uning yaxshi xislati bor — eshitishni biladi. Eldor to‘g‘ri murabbiylar qo‘liga tushdi va ular futbolchining kuchli tomonlaridan maksimal foydalanishdi. Umuman olganda, u futbolni qanot o‘yinchisi sifatida boshlagan. Uning tezligi yaxshi edi, ammo qisqa masofalarda to‘p bilan ishlash mahoratiga ega emasdi. Unga keng hudud kerak edi. Karpin esa undan markaziy hujumchi sifatida foydalanishga majbur bo‘ldi. Chunki jamoada boshqa hujumchilar yo‘q edi. U esa hujumchi sifatida o‘zini ko‘rsatdi va Italiyaga yo‘l oldi.

— Shomurodovning ishlari hozirda yaxshi emas va u «Roma»ni tark etishi mumkin.
— Uning raqobatchilari kimlar ekaniga ahamiyat qaratish kerak. "Roma" hozirda Italiya terma jamoasi forvardi Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Demak, Mourinyo Shomurodovga ishonch bildirmayapti.

— Italiyada qolgani ma’qulmi?
— Agar takliflar bo‘lsa, unda qolgani yaxshi, albatta.

— O‘runov o‘z iqtidorini namoyish etishi uchun unga nima yetishmayapti?
— Aynan Shomurodovda bo‘lgan xislat — tinglay olish yetishmayapti. Oston eplaganicha o‘ynayapti. Uni O‘zbekiston chempionatidagi o‘yinlarini yaxshi eslayman. Nazarimda, u kayfiyat futbolchisi va o‘zi istagandek o‘ynashga intiladi.

Manba: www.business-gazeta.ru
Kiritildi: 15:24, 23.08.2022.
O'qildi: 3994 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик