Italiyaning "Milan" jamoasi yarim himoyachi Sandro Tonali bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin, deya xabar berdi jurnalist-insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, "rossonerilar" amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan futbolchisi bilan yaxshilangan shartlarda 2027 yilgacha shartnoma imzolaydi.
22 yoshli Tonali joriy mavsum "Milan" safida 1 o‘yinda ishtirok etdi. Uning transfer bahosi 50 million yevroga baholangan.