Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya 0-2 Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn 2-2 Indoneziya
10/10 21:00 Qatar 3-1 Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon 4-0 Kuvayt
10/10 21:00 BAA 1-1 KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Mbappening degani degan, aytgani aytganmi?

Mbappening degani degan, aytgani aytganmi?

Baho:
+ | -

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening jamoadoshlari bilan munosabatlari yomonlashib qoldi. TNT Sports xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi bahorda shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘lgach, unga jamoadagi asosiy figura bo‘lishga va’da berishgandi. Jamoadoshlariga esa bu fikr yoqmadi va endi hujumchi o‘zini jamoadan uzilgandek his qilmoqda. Bu allaqachon futbol maydonida va undan tashqarida bir necha bor o‘zini namoyon qilgan.

“PSJ” mavsumni ajoyib boshladi, Fransiya Superkubogida “Nant” (4:0), shuningdek, Liga 1da “Klermon” (5:0), “Monpelye” (5:2) va “Lill” (7:1) klublarini mag‘lub etdi. Oxirgi o‘yinda Mbappe uchta gol urdi. Uning 8-soniyada urgan goli chempionatda kiritilgan eng tezkori deya e’tirof etildi. Kilianning yulduz hamkorlari ham o‘sha bahsda porlashdi. Neymar ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi, Lionel Messi o‘zi gol urdi va bitta pas berdi.

"Lill" bilan uchrashuv Mbappe ishtirokida yaxshi o‘tdi. Ammo "Pyer-Mauroy" arenasidagi ajoyib o‘yindan bir necha kun oldin u fransuz ommaviy axborot vositalarining shov-shuvli sarlavhalar bilan chiqishdi, shuning uchun qisqa muddatli sukunat hech narsani anglatmaydi.

Mbappening xudbinligi “Monpelye”ga qarshi o‘yinda yaqqol ko‘rindi. Kilian epizodlarning birida jamoaning hujumini o‘zi yakunlamoqchi bo‘lib, Messini turtib yubordi.

TNT Sports xabariga ko‘ra, birinchi bo‘limdan so‘ng Mbappe boshqa o‘yinchilar bilan keskin suhbat o‘tkazgan, unga murabbiylar shtabi a’zolari aralashishga majbur bo‘lgan. Kilian faol ravishda "PSJ"ning asosiy yulduzi bo‘lishi, kombinasiyalarni yakunlashi va to‘p bilan ko‘proq o‘ynashi kerakligini ta’kidladi.

Mbappening asosiy mojarosi Neymar bilan bo‘lgandi. Kilian birinchi bo‘limda penaltini amalga oshira olmadi. 43-daqiqada “Monpelye”ning jarima maydonchasi ichida yana bir qoida buzilishidan so‘ng, 11 metrlik jarimani Neymar muvaffaqiyatli bajardi. Bungacha Mbappe emosional tarzda braziliyalik bilan janjallashdi, ammo baribir unga zarbani bajarish huquqini berdi.

“Monpelye” bilan o‘yindan keyin janjal avj oldi. Neymar Mbappe “PSJ”ning penalti tepuvchisi bo‘lmasligi kerakligi haqidagi tvitlarga ikki marta layk bosdi. Insayder Romain Molina va Get French Football News o‘yinchilar o‘rtasida uzoq vaqtdan beri adovat borligini xabar qilishdi. Mbappe, OAV xabarlariga ko‘ra, shartnoma yangilanganidan so‘ng darhol Neymarni sotishni so‘ragan. Klub rahbariyati prezident Nosir Al-Xelayfi tomonidan bu ishni amalga oshirishga harakat qildi, ammo maqbul transfer variantini tezda topib bo‘lmadi.

Yangi bosh murabbiy Kristof Galtyening tayinlanishi bir muncha vaqt Mbappe va Neymar o‘rtasidagi ziddiyatni "muzlatib qo‘yish" imkonini berdi. Ammo oxir-oqibat hech narsa hal bo‘lmadi, bu "MonpelYE"ga qarshi o‘yinda oydinlashdi. Klub direktori Luis Kampos, bosh murabbiy va futbolchilar bilan zudlik navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazishdi.

Vositachi esa himoyachi Serxio Ramos bo‘ldi. Le Parisien nashrining yozishicha, 36 yoshli faxriy vaziyatga aralashib, muammoni hal qilishga yordam bergan. Kristof Galtye hozir hammasi yaxshi, deb ishontirmoqda: “Hech qanday keskinlik yo‘q, bu umuman muammo emas. "MonpelYE" bilan o‘yindan so‘ng hammasini o‘z o‘rniga qo‘yish uchun uchrashdik. “Lill”ga qarshi o‘yinga ajoyib tayyorgarlik ko‘rdik. Men har bir mashg‘ulotdan mamnunman. Barcha kelishmovchiliklar hal qilindi. Ikkinchi penalti bo‘lgan epizodda hech narsa sodir bo‘lmadi. Neymar va Mbappe fikr almashishdi, hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Neymar zarba berishga ishonchi komil bo‘lganida, Kilian unga imkon berdi”, - dedi parijliklar bosh murabbiyi.

UOL Esporte yaqinda Mbappeni keskin tanqid qilgan materialni e’lon qildi. Qayd etilishicha, Kilian “PSJ”ning kiyinish xonasida shakllangan ispaniyaliklar guruhidan norozi. 23 yoshli hujumchi klub bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin o‘zini boshqacha tuta boshlagan. Jamoadoshlari endi uni xudbin, deya ta’riflay boshlagan.

Qayd etilishicha, Mbappe Al-Xelayfidan kiyim almashtirish xonasida tuzilgan “Argentina Respublikasi”, deya atalgan futbolchilarni ketkazishni so‘ragan. Uning tarkibiga Lionel Messi, Anxel Di Mariya, Mauro Ikardi va Leandro Paredes kirgan, shuningdek, Ander Errera, Keylor Navas va Neymar ham ushbu guruh bilan yaqindan muloqot qilgan.

Mbappe “Real”ga o‘tishdan bosh tortib, “PSJ”da qolib, o‘zini qiroldek his qilgan ko‘rinadi. Sky Sports xabariga ko‘ra, yangi shartnomaga ko‘ra, hujumchi oyiga 4,75 million yevro maosh oladi. Kilian sayyoradagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi, shuningdek, klubning kadrlar siyosatiga katta ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu norasmiy ma’lumot haqiqatda bir necha bor tasdiqlangan.

"PSJ"ning yangi sport direktori Luis Kampos Mbappening taklifi bilan jamoaga kelgani aniq, Kilian uni "Monako"dagi kunlaridanoq yaxshi biladi. UOL Esporte nashrining tahmin qilishicha jamoada ispanlar kamayib, fransuzlar ko‘payadi.

“PSJ”ning xorijlik futbolchilardan qutulish va mahalliy futbolchilar bilan shartnoma imzolash istagi haqidagi xabarlar yoz davomida turli OAVlarda paydo bo‘ldi. Klubning harakatlari esa ularni tasdiqladi. “PSJ” Anxel Di Mariyaga yozda erkin agent sifatida ketishiga ruxsat berdi. "Yuventus" bilan shartnoma borasida kelishib olgan yana bir argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredesni qo‘yib yuborishga tayyor. Hujumchi Mauro Ikardi yana bir argentinalik bo‘lib, u uchun "PSJ" faol ravishda boshqa joyda ish izlamoqda. Ander Errera "Atletik"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Asosiy darvozabon sifatida Keylor Navas o‘rniga Janluiji Donnarumma o‘tish qarori ham ahamiyatli. Bu voqealar ortida “Mbappening qo‘li” ko‘rinib turibdi. Neymar haqida unutmang. Shunchaki, braziliyalikdan qutulish uchun Mbappening obro‘si yetarli emas.

"Lill" bilan o‘yin "PSJ"dagi barcha kelishmovchiliklar bartaraf etilgandek taassurot qoldirishi mumkin. Biroq, Mbappe shunchaki tinchlanishi dargumon.

Kilian dunyodagi eng qimmat shartnomani qo‘lga kiritganidan so‘ng yulduzlik kasalligiga chalingan yosh futbolchiga o‘xshab qoldi. U kameralardan tortinmay, o‘zini butun jamoadan ustun qo‘ymoqda. Liga 1dagi raqiblar juda kuchsiz, ularni jamoa ichidagi mojarolar fonida ham mag‘lub etish mumkin. Parijliklarni bir jamoa sifatida faqat Chempionlar Ligasida ko‘rishimiz mumkin.

Kiritildi: 14:29, 24.08.2022.
O'qildi: 5600 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.