Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

"Manchester Yunayted" "Ayaks"ga uchinchi taklifni yubormoqchi

"Manchester Yunayted" "Ayaks"ga uchinchi taklifni yubormoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" braziliyalik futbolchi Antoni uchun "Ayaks"ga uchinchi taklifni yubormoqchi. TalkSPORT nashri xabariga ko‘ra, Niderlandiya klubi futbolchi bilan taxminan 102 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Ayaks" "qizil iblislar"ning ikkita taklifini rad etgan, shundan so‘ng Antoni shaxsan o‘zi klubdan faoliyatini Angliyada davom ettirishiga ruxsat berishni so‘ragan edi. Braziliyalik futbolchi endi jamoa bilan shug‘ullanmaydi va yakshanba kuni u Rotterdamning "Sparta" klubiga qarshi bo‘ladigan o‘yin qaydnomasidan joy olmadi. Shu bilan birga, "Ayaks" rahbariyatida o‘z futbolchisini sotish yoki sotmaslik borasida fikrlar ikkiga bo‘lingan.

22 yoshli Antoni "Ayaks"ga 2020 yilda Braziliyaning "San-Paulu" klubidan kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasidagi uchta o‘yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilda yakuniga yetadi.

Kiritildi: 17:15, 24.08.2022.
O'qildi: 2541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.