Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" himoyachisi "Barselona"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi (foto)

"Manchester Siti" himoyachisi "Barselona"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi (foto)

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Lyuk Mbete-Tabu "Barselona"ga qarshi o‘tkazilgan xayriya uchrashuvining yakunida almashtirilishiga majbur bo‘ldi.

“Shaharliklar”ning 18 yoshli futbolchisi 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv oxirida Mbete-Tabu “Barselona” himoyachisi Andreas Kristensen bilan to‘qnashib va natijada burnini sindirib oldi. Uzoq muddatli yordamdan so‘ng, yosh futbolchini shifokorlar elektromobilda maydonda olib chiqib ketishdi.

“Barselona” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlandi.

Lyuk Mbete-Tabu "shaharliklar"ning asosiy tarkibida uchta rasmiy uchrashuvda, shuningdek, Angliya yoshlar terma jamoasida to‘rtta bahsda qatnashgan.

Kiritildi: 09:29, 25.08.2022.
O'qildi: 3320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.