Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Bugun YECHLga qur’a tashlanadi! APL klublarini esa murakkab mavsum kutmoqda

Bugun YECHLga qur’a tashlanadi! APL klublarini esa murakkab mavsum kutmoqda

Baho:
+ | -

APL klublari uchun bu mavsum oson bo‘lmasligi aniq. Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida YECHLga qur’a tashlanadi. Bu esa mavsumning birinchi yarmini jamoalar qanday o‘tkazishini belgilab beradi. «Tottenxem» Yevropaning eng nufuzli musobaqasiga qaytdi. «Manchester Siti», «Chelsi» va «Liverpul» esa YECHLning so‘nggi ikkita mavsumida finalga qadar yetib bora olgan jamoalar sanaladi. «Arsenal» hamda «MYU» esa Yevropa ligasidagi raqiblarini bilib olishlari uchun yana 24 soat kutishlariga to‘g‘ri keladi. «Vest Xem» YEKL yo‘llanmasini naqd qilishi kerak.

Qishda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Jahon chempionati ichki musobaqalarni qoq ikkiga bo‘ladigan bo‘ldi. Xususan, APL ham 13 noyabrga qadar 16 ta turni, boksing deydan boshlab esa, qolgan 22 ta turni o‘tkazishi belgilangan. Bu narsa UYEFAni ham o‘z dasturlarini qayta taqvimlashtirishga majbur qilmoqda. Xususan, YECHLning 6 ta guruh bahslari juda qisqa, 57 kunga mo‘ljallanadi. Bu esa 9 haftadan 6 tasida hafta o‘rtasidagi bahslar bo‘lishini anglatadi. APLning o‘zida Jahon chempionatiga qadar 12 ta markaziy bahs mavjud va ularning hammasi o‘tkazilishi belgilangan. Bu narsa ingliz klublari uchun haqiqiy sinov bo‘ladi. O‘shanda ular o‘z resurslari qanchalik darajada boy ekanini ko‘rsatishi kerak.

YECHL bahslari hamma kabi APL jamoalariga ham katta foyda keltiradi. Xususan, «Manchester Siti» guruh bahslarining barchasida g‘alaba qozonsa, u holda, 53 million funt ishlab oladi. Afsuski, yevromaydonda ingliz klublarining omadi chopavermaydi. Buni Gvardiolaning YECHLni ola bilmaganidan ham ko‘rsak bo‘ladi. «Real» o‘tgan mavsumda Tomas Tuxel, Gvardiola hamda Klopp jamoasini ketma-ket mag‘lubiyatga uchratgandi. Garchand inglizlar UYEFA jadvalida eng yuqori koeffisiyentga ega bo‘lsa ham, finallarda g‘alaba qozonishda ancha oqsagan. APL jamoalari so‘nggi 10 ta YECHL finalining atigi 2 tasini yutgan. Bu esa birgina «Real»ning natijasidan 3 taga kamroqdir. O‘sha ikkita g‘alaba ham 2019 yilgi «Liverpul» hamda 2021 yildagi «Chelsi»ning chempionligidir. Ammo ularning har ikkisi ham finallarda APLdagi raqiblarini mag‘lub etgandi (mos ravishda – «Tottenxem» va «Manchester Siti»). Oxirgi marta ingliz klubi o‘zga davlat klubini mag‘lub etishi 2012 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda «Chelsi» «Bavariya»ni yutgan. Undan oldingisi esa «Liverpul»ning Karlo Anchelotti boshchiligidagi «Milan»ni Istanbulda mag‘lub qilgani edi.

Xullas, bu mavsum o‘ziga xos bo‘lishi aniq. Biz muxlislarga esa o‘yinlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. YECHL qur’asida Klopp, Gvardiola, Konte va Tuxelga omad tilaymiz.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:14, 25.08.2022.
O'qildi: 7527 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.