Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Neymar ulg‘aydimi? Uning statistikasi shunchaki dahshat!

Neymar ulg‘aydimi? Uning statistikasi shunchaki dahshat!

Baho:
+1 | -

 Parijliklar yangi mavsumni to‘rtta uchrashuvda to‘rtta g‘alaba bilan boshladi. Jamoa har bir o‘yinda o‘rtacha beshtadan gol urmoqda. Neymar esa hech qachon chempionatni bunchalik sermahsul boshlamagandi.

Neymar jamoaning 13 ta goliga hissa qo‘shgan. U gollar va golli uzatmalar bo‘yicha Ligadagi barcha futbolchilar orasida yetakchi hisoblanadi.

Yozning birinchi yarmida braziliyalikni qarama-qarshi mish-mishlar o‘rab olgandi: yo klubni tark etadi, yoki qoladi. RMC Sport nashrining xabar berishicha, Neymarga “PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfining gapi yoqmagan. Hujumchining ketishi mumkinligi haqidagi savolga qatarlik tadbirkor ehtimoliy javob bergandi. Neymar o‘zini klubda qadrlashmasligini his qildi, lekin u jamoa yetakchisi bo‘lishni xohladi.

“PSJ”ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtye shu zahotiyoq futbolchi haqidagi pozisiyasini aytdi: “Neymar - jahon darajasidagi futbolchi. Qaysi murabbiy o‘z jamoasida shunday futbolchi bo‘lishini istamaydi? Men undan nimani xohlayotganimni aniq tushunaman va u biz bilan qolishiga ishonchim komil. Biz eng yaxshisiga ega bo‘lishni xohlaymiz." Keyinroq futbolchining o‘zi ham poytaxt klubida qolish istagi borligini ma’lum qildi: “Men “PSJ”da qolmoqchiman. Klubdan hech kim kelajagim haqida hech narsa demadi. Klub nima istayotganini bilmayman, lekin men qolishni xohlayman".

Shu yozgi chalkashliklar braziliyalikning motivasiyasini oshirdi, degan fikr bor. Hech bo‘lmaganda, futbolchining dastlabki uchrashuvlardagi o‘yini shunday xulosaga keldi. Neymar har bir o‘yinda samarali harakatlarni amalga oshirmoqda.

"Nant" bilan Fransiya Superkubogi uchun o‘yinda Neymar ikkita gol urdi.

Liga 1 1-turidan o‘rin olgan "Klermont" bilan o‘yinda (5:0) hujumchi "gol+pas" tizimi bo‘yicha 4 (1+3) ochkoni qo‘lga kiritdi.

2-turning "MonpelYE" bilan o‘yinida (5:2) Neymar yana dubl qayd etdi. Bu safar u penaltini golga aylantirdi, keyin esa boshi bilan gol urdi.

3-tur doirasidagi "Lill" bilan o‘yinda (7:1) braziliyalik ikki marta gol urdi va yana uch marta jamoadoshlariga assistentlik qildi.

Shunday qilib, dastlabki to‘rtta o‘yinda Neymar ajoyib statistika qayd etdi - yetti gol va oltita golli uzatma. “PSJ” hujumchisi chempionatda allaqachon beshta gol urdi - bu Yevropaning top-ligalaridagi barcha futbolchilar orasida eng yaxshi natija. Shu bilan birga, Neymar yuqori samaradorlikni namoyish etmoqda. U har o‘yinda uch marta zarba beradi, hujum chizig‘idagi sheriklarida bu ko‘rsatkich yuqoriroq (Messi - 4,3; Mbappe - 6). Taqqoslash uchun: Benzemada har bir o‘yinda 6 ta, Levandovski va Nunyesda 4,5, Xolandda 3,7, Jesusda 3,3, Keynda 3. Ma’lum bo‘lishicha, Neymar kamroq zarba beradi, lekin tez-tez gol urmoqda.

Whoscored platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi har bir o‘yindagi asosiy uzatmalar soni (4,7) va jarima ishlab olishi (3) bo‘yicha PSJ yetakchisi hisoblanadi. Neymarning ham fantastik reyting bali bor (9,53) - bu ko‘rsatkichga ko‘ra u nafaqat jamoada, balki Yevropaning barcha yetakchi ligalarida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Va hozircha “PSJ” hujumchisi gol (5) va golli uzatma (6) bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

Uch oydan keyin jahon chempionati boshlanadi. Bu Neymar uchun jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin

30 yoshli futbolchi uchun bu mavsum juda muhim. Oldinroq Neymar Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini istisno etmagandi. Ko‘rinishidan, braziliyalikning bo‘lajak turnirdan umidlari juda katta. Fransiya OAVlarining qayd etishicha, bayram kunlari Neymar ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy hayotini emas, balki futboldagi faoliyatini yoritgan.

Braziliyalik jurnalist Jouka Kfuri: "Neymar Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Titoga bergan va’dasini bajarmoqda". - Hozir u "PSJ"ning barcha futbolchilaridan yaxshiroq ko‘rinmoqda. Neymar maydonda shunchaki sehrgar. Menimcha, Neymar ancha yetuk futbolchiga aylandi. Biroq, Chempionlar ligasi o‘yinlarini kutamiz, chunki bu turnirda qarshilik darajasi Liga 1ga qaraganda ancha yuqori.

"Bo‘lajak Jahon chempionati juda o‘ziga xos turnir bo‘ladi", deydi jurnalist Paulo Vinisius Koyelo. - Shunday bo‘lsa-da, mavsum oxirida emas, o‘rtalarida bo‘ladi. Bunday sharoitda to‘liq dastur bo‘yicha hamma narsani qilish muhimdir. Menimcha, Neymar Qatardagi turnirga juda yaxshi jismoniy shaklda kelish imkoniyati borligini tushundi.

 Neymarning asosiy muammosi - jarohatlarga moyillik. 2017 yilda "PSJ"ga o‘tganidan beri u maksimal vaqtning taxminan 50 foizini jamoada o‘tkazdi. Hujumchi har mavsumda jarohat oladi, bu esa uning mahsuldorligiga salbiy tasir qiladi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 13:20, 25.08.2022.
O'qildi: 6346 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.