Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jamoliddin Rahmatullayev: «Bolalarga Yaponiyadan cho‘chimasdan o‘ynash kerakligini tushuntirdik»

Jamoliddin Rahmatullayev: «Bolalarga Yaponiyadan cho‘chimasdan o‘ynash kerakligini tushuntirdik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U16 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev “Mirabror Usmanov Memorial Cup” musobaqasi 2-turi doirasida Yaponiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yin (3:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalambor, muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Chiroyli o‘yin va oxirigacha kurashgani uchun shogirdlarimga rahmat aytaman.

Yaponiya futbolda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mamlakat. Ular buni bugun ham isbotlashdi. Bolalarni ruhlantirishga, raqibdan cho‘chimasdan o‘ynash kerakligini tushuntirishga harakat qildik. Bu o‘z mevasini berdi.

Endi futbolchilar bilan tiklanish mashqlarini o‘taymiz va raqibdan kelib chiqib tayyorgarlik ko‘ramiz.

Ayni paytda bu terma bilan jamoaviy o‘yinni shakllantirish ustida ishlayapmiz. Yaponiyadek kuchli jamoaga qarshi bahsda asosiy tarkibni sinovdan o‘tkazdik. Keyingi o‘yinda esa tarkibda rotasiya qilinadi", — dedi Rahmatullayev.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:43, 25.08.2022.
O'qildi: 2162 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик