Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Yuventus" yarim himoyachisi jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi

"Yuventus" yarim himoyachisi jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Marko Pyasa Zagrebning "Dinamo"siga o‘tadi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Manbaning xabariga ko‘ra, Xorvatiya klubi futbolchining transferi borasida kelishib olgan. Yarim himoyachi Chempionlar ligasidagi o‘yinlar boshlanishidan oldin klubni kuchaytirishi mo‘ljallangan. “Dinamo” “Milan”, “Chelsi”, “Red Bull Zalsburg” bilan “E” guruhidan joy oldi. Pyasa avvalroq Zagreb klubida 2014 yildan 2016 yilgacha o‘ynagan.

27 yoshli xavbek 2016 yildan beri "Yuventus"da to‘p tepadi. U klub safida jami 21 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. "Shalke", "Fiorentina", "Anderlext", "Jenoa" va "Torino" klublarida ijara asosida harakat qilgan.

Kiritildi: 06:01, 26.08.2022.
O'qildi: 2096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик