Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Gasperini o‘zi qurgan jamoani buzishda davom etyapti

Gasperini o‘zi qurgan jamoani buzishda davom etyapti

Baho:
+ | -

“Atalanta”ning hozirgi ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Gasperini o‘zi qurgan jamoani buzishda davom etyapti. Jan Pyer Gasperini 2016 yil iyun oyidan beri "Atalanta"ni boshqarib kelyapti. O‘shandan beri bergamoliklar mutaxassis bilan birga ko‘plab yaxshi damlarni boshdan kechirishdi. Misol uchun, 2017 yilda Gasperini 27 yil ichida birinchi marta "Atalanta"ni Yevropa musobaqalariga olib chiqdi.

2019 yilda jamoa tarixda birinchi marta Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqishdi. “Atalanta” uch yil ketma-ket Italiya chempionatida 3-o‘rinni egalladi, bu ham ular uchun katta yutuq edi.

Gasperini qo‘l ostida "Atalanta" nafaqat yangi cho‘qqilarni zabt etdi, balki jozibali futbol ko‘rsatdi. Bu jamoaga butun Yevropadan yangi muxlislarni jalb qilishga yordam berdi. 2019 yil iyun oyida Gasperini Bergamoning faxriy fuqarosi unvonini oldi.

O‘tgan yillar davomida mutaxassis shahar bilan yaxshi aloqa o‘rnatdi. "Atalanta"ning barcha muvaffaqiyatlari bevosita unga bog‘liq. Biroq so‘nggi paytlarda klub ichida g‘alati narsalar sodir bo‘lmoqda. Va barchasida bosh murabbiyning qo‘li bor, deya aytilmoqda.

Birinchi katta janjal 2020 yil oxirida yuz berdi. Gasperini o‘sha paytdagi jamoa sardori Alexandro Gomes bilan janjallashdi. Mojaro Chempionlar ligasi doirasidagi “Midtyulland”ga qarshi o‘yin vaqtida yuzaga kelgan. Futbolchi murabbiyning ko‘rsatmalarini bajarishdan bosh tortdi va o‘yin pozisiyasini o‘zgartirmadi.

Ikkinchi bo‘limda argentinalik futbolchi maydonga tushmadi. Keyinroq u ustozi bilan o‘rtasida janjal bo‘lganini aytdi. Gomesning so‘zlariga ko‘ra, Gasperini mojaroni kuch bilan hal qilmoqchi bo‘lgan. Vaziyat deyarli mushtlashuvgacha yetib borgan.

Bu voqeadan so‘ng Gomes deyarli maydonga tushmadi. Gasperini buni mojaro bilan emas, balki yarim himoyachi jamoa uchun foydali bo‘lishni to‘xtatganligi bilan bog‘ladi. Bunga javoban argentinalik futbolchi ijtimoiy tarmoqqa uning boshqa o‘yinlardagi turli pozisiyalari aks etgan suratlarini joylashtirdi.

Futbolchi murabbiyga bo‘ysunmay xatosini tan oldi. Futbolchi murabbiydan uzr so‘radi, lekin uni kechirmadi. Insayderlar va Gomesning so‘zlariga ko‘ra, Gasperini murosaga bormadi, aksincha, mojaroni qo‘zg‘atdi. Klub rahbariyati mutaxassis tarafini oldi.

Gomesning “Atalanta”ni tark etishdan boshqa chorasi qolmadi. 2021 yilning yanvarida yarim himoyachi "Sevilya"ga o‘tdi. Bergamoliklar nafaqat sifatli futbolchini, balki jamoa yetakchisini ham yo‘qotishdi, bu esa bundan ham muhimroq. Oradan bir oy o‘tib jamoada deyarli yangi mojaro ro‘y berdi.

Gasperini barchaning ko‘z o‘ngida Yosip Ilichichga tanbeh qildi, garchi bundan oldin u shaxsiy muammolar tufayli futbolchini omma oldida qo‘llab-quvvatlagan edi. Mutaxassis sloveniyalik Gomes bilan bo‘lgan ziddiyatda argentinalik tarafini olgani uchun unga nisbatan gina-kudurat saqlagan, degan fikr bor.

Aleksey Miranchuk kelishidan oldin jamoadagi muhit tinchlandi. Ushbu transfer Gasperini va "Atalanta" rahbariyati o‘rtasida mojaroga sabab bo‘ldi. Bergamoliklar futbolchi uchun deyarli 15 million yevro to‘lashdi - bu ular uchun juda katta summa edi.

Vaholanki, 2 yil davomida yarim himoyachi atigi 11 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Mutaxassis futbolchi bilan hisoblashmasligini aniq aytib o‘tdi, lekin uni boshqa jamoaga ham qo‘yib yubormadi.

Miranchuk shunga qaramay “Atalanta”ni tark etdi va ijara asosida “Torino”ga o‘tdi. Gasperini futbolchiga Turinda muvaffaqiyat qozonsa, qaytmaslikni maslahat berdi. O‘z futbolchisiga omad tilashning eng yaxshi usuli emas.

Jamoa bosh direktori Luka Perkassi Miranchuk murabbiyning qarori bilan klubni tark eta olmasligini aytdi. Mutaxassisning javobida u nohaq tilga olingan, chunki rahbariyat futbolchining taqdirini hal qilgan. Mavsum boshida bosh direktorni yolg‘on gapirishda ayblash yaxshi fikr emas. Lekin bu bilan ham voqealar tugamadi.

Yaqinda OAVda Gasperini mavsumoldi mashg‘ulotlarida Ruslan Malinovskiy bilan janjallashgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng ukrainalik futbolchi "Atalanta"ni tark etishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. A Seriyaning yangi mavsumidagi ikkita uchrashuvda futbolchi bir gol urdi va golli uzatma berdi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mutaxassis yarim himoyachiga mehnati uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, u jamoa bir mavsumda oltitadan ko‘p gol ura oladigan futbolchi qidirayotganini aytdi. Aynan shu ko‘rsatkich Malinovskiyning A Ceriyadagi so‘nggi mavsumida bo‘lgan, shuning uchun italiyalik nimani va kimni nazarda tutgani aniq edi.

Gasperini bunday gaplarni bekorga aytayapti. O‘yinchilardan bunday voz kechilmaydi. O‘sha Malinovskiy 2020/21 yilgi mavsum yakunida A Seriyada jamoaning eng yaxshi assistenti bo‘lgandi. Ko‘pchilik murabbiylar tarkibni kuchaytirish muhimligini ta’kidlamoqda. Biroq Gasperini o‘z jamoasi sifati va rahbariyatning transfer bozoridagi ishidan noroziligini ochiqchasiga bildirmoqda.

Mavsum endigina boshlandi va Bergamodagi vaziyat allaqachon izdan chiqib bo‘lgan. "Atalanta" bosh murabbiyining malakasiga hech kim shubha qilmaydi, lekin uning insoniy fazilatlari haqida ko‘proq savollar tug‘iladi. Bergamoliklar jamoasi birinchi navbatda o‘zlarining birligi va jamoaviy ruhi bilan ajralib turishgan. Endi ularda bu narsa ko‘rinmayapti.

Kiritildi: 14:50, 26.08.2022.
O'qildi: 3557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик