Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

YECHL va APL: ingliz klublarining yevromaydondagi taqdiri qanday?

YECHL va APL: ingliz klublarining yevromaydondagi taqdiri qanday?

Baho:
+ | -

Kuni kecha YECHL ishtirokchisiga aylangan barcha, 32 ta klub o‘z guruhlaridagi raqiblar nomini bilib oldi. Bundan APL jamoalari ham mustasno emas, albatta. Buyuk Britaniyani oladigan bo‘lsak, jami 6 ta klub YECHLda ishtirok etmoqda. Ular ichida Shotlandiya dueti – "Reynjers" hamda "Seltik" ham mavjud. Quyida musobaqaning bu mavsumida ingliz klublarini nimalar kutib turganiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Yurgen Klopp jamoasi britan jangida qatnashadi. "Liverpul" dastlab "Reynjers" bilan, keyin esa "Napoli" hamda "Ayaks" bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. Antonio Konte boshchiligidagi "Tottenxem" esa D guruhida "Aytraxt", "Sporting" hamda "Marsel" bilan kuch sinashadi. Ammo Gvardiola shogirdlarining ahvoli biroz murakkab. "Manchester Siti" G guruhida "Sevilya", Xolandning sobiq jamoasi bo‘lmish "BVB" va "Kopengagen" sinovidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Vanihoyat, Tomas Tuxel jangchilari E guruhida o‘z omadlarini tekshirib olishlari mumkin bo‘ladi. "Chelsi" sobiq futbolchilari, Olivye Jiru hamda Fikayo Tomori harakat qilayotgan "Milan"ga, "Zalsburg" hamda Zagreb shahrining "Dinamo"siga qarshi turib berishi lozim.

Qolgan guruhlardagi holat haqida ham ozgina fikr yuritamiz. Xususan, B guruhi "Atletiko", "Portu", "Bayer Leverkuzen" hamda "Bryugge"dan tashkil topdi. C guruhida "Bavariya", "Barselona", "Inter" hamda "Viktoriya Plzen" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu guruhdagi qur’a natijasi shuni ko‘rsatdiki, Robert Levandovski sobiq jamoasiga qarshi kamida ikki bor to‘qnash keladi!
F guruhida amaldagi chempion "Real", "Leypsig", "Shaxtyor" va "Seltik"ni sinovdan o‘tkazadi. H guruhida ham ancha kuchli a’zolar jamlandi. Unda "PSJ", "Yuventus", "Benfika" va "Makkabi" klublari o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu to‘qnashuvlarda Anxel Di Mariya sobiq jamoasiga qarshi chiqishi ma’lum bo‘ldi.

Yangi mavsum YECHL guruh bahslari Jahon chempionatiga qadar 9 hafta davomida o‘ynalishi lozim. Avvalari bu muddat 12 haftani tashkil etar edi. Ilk bahslar 6 sentyabrdan start oladi. Guruhning so‘nggi o‘yini esa 2 noyabrda yakun topishi belgilangan. Pley-off bahslari boshlangunga qadar orada ancha tanaffus bo‘ladi. Nimchorak final 14 fevral hamda 15 mart oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Chorak finallar esa aprel davomida bo‘lib o‘tgan holda, yarim finallar mayning boshida o‘tkaziladi.
Mavsum finali esa 10 iyun kuni Turkiyada, Istanbul shahrining "Otaturk Olimpiya stadioni"da o‘tishi rejalangan.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:57, 26.08.2022.
O'qildi: 2188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик