Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

O‘zbekiston boks terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi rasman tanishtirildi: shtabdan kubalik mutaxassislar ham o‘rin olgan

O‘zbekiston boks terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi rasman tanishtirildi: shtabdan kubalik mutaxassislar ham o‘rin olgan

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bundan bir necha kun oldin O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy To‘lqin Qilichev boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida e’lon qilingandi.

Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida To‘lqin Qilichev boshchiligidagi yangilangan murabbiylar shtabining rasman tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, endi O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida quyidagi mutaxassislar faoliyat olib borishadi:

Bosh murabbiy: To‘lqin Maxmurovich Qilichev

Respublikamizda boksni yanada rivojlantirishda o‘zining yuksak hissasini qo‘shib kelayotgan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy”dir. Uzoq yillardan beri terma jamoada katta trener sifatida faoliyat olib bormoqda. O‘zbek boksiga Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov va yana ko‘plab taniqli chempionlarni yetkazib bergan.

O‘zbekiston boks federasiyasi maslahatchisi: Karlos Ivan Fuentes Vilyanueva

Boks sport turida deyarli 50 yillik tajribaga ega. Kubada bugungi zamonaviy va milliy boks uslubi asoschilaridan biri. Boks sport turi bo‘yicha professor.
Karlos Ivan Angola, Hindiston, Pokiston, Venesuela, Meksika, Tayvan, Turkiya kabi mamlakatlarda ijobiy faoliyat olib borgan. Ta’kidlash joizki, xorijlik mutaxassis Kuba terma jamoasining bugungi kundagi bosh treneri Rolando Asebalning ustozi hisoblanadi.
Karlos Ivan boshchiligida bugungi kunda o‘zbek boksining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash va ularni kelgusida ham jaxon arenalarida o‘z iqtidorlarini to‘laqonli namoyon etishlari maqsadida O‘zbekistonda bokschilarni tayyorlashning “milliy standarti” qo‘llanma sifatida ishlab chiqilmoqda.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi: Xuan Enrike Steyners Tissert

Kuba terma jamoasi trenerlar shtabida uzoq vaqt davomida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Ispaniya, Filippin, Venesuela milliy terma jamoalarining trenerlar shtabida faoliyat olib borgan tajribali trener hisoblanadi. Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va jahon chempioni Roniel Iglesiasning shaxsiy treneridir.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi: Xulio Li Xechevarriya

Murabbiylik faoliyati davomida Kambodja, Indoneziya, Tailand, Misr kabi mamlakatlarda boks sport turini yuqori pog‘onaga olib chiqilishida xizmat qilgan. Xulio Li ikki karra Olimpiya o‘yinlari oltin medal sohibi Ektor Vinent va bir qator mahoratli sovrindor bokschilarning treneri hisoblanadi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi trener-fizioterapevti: Xesus Alberto Morales Montero

Kuba sport tibbiyoti milliy instituti mutaxassisidir. Tibbiyot va reabilizasiya yo‘nalishida bir qator xalqaro kurslar bitiruvchisi. Shu davrgacha Kuba beysbol terma jamoasi fizioterapevti sifatida faoliyat olib kelgan mutaxassisdir. Janob Xesus endilikda boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o‘zbek bokschilarining fiziologik holatini kuchaytirish va yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shadi.

Shuningdek, terma jamoamizning yana bir tajribali murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov ham murabbiylar shtabidagi faoliyatini davom ettiradi. U kishi safarda bo‘lganligi bois tadbirda ishtirok eta olmadi.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 23:27, 26.08.2022.
O'qildi: 2799 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.