Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Davronbek Hoshimov: “Yil o‘yini”da g‘alaba qozonishga intilamiz”

Davronbek Hoshimov: “Yil o‘yini”da g‘alaba qozonishga intilamiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan, “Yil o‘yini” deya e’tirof etilayotgan “Navbahor” – “Paxtakor” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 29 yoshli tajribali himoyachisi Davronbek Hoshimov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jamoamizning “Paxtakor”ga qarshi kechadigan bahslari doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan. Bu safargi o‘yin esa oldingilaridan ham ko‘ra, qiziqarliroq hamda tomoshabop o‘tishi aniq. Boisi, ayni paytda “Navbahor” turnir jadvali peshqadami bo‘lsa, “Paxtakor” amaldagi chempion hisoblanadi.       

Shuning uchun bo‘lajak bellashuv “Yil o‘yini” deya e’tirof etilmoqda hamda ushbu bahsga qiziqish o‘ta yuqori. Biz – futbolchilar ham mazkur o‘yinning qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib turibmiz va bo‘lajak bellashuvda g‘alaba qozonish, muxlislarga quvonch ulashish, peshqadamlikni yanada mustahkamlashga intilamiz va buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Faqat buning uchun ishqibozlardan jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.  

O‘z navbatida yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, qur’a natijasiga ko‘ra, “sherlar” bilan 2 sentyabr kuni O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan bahsda yana Namanganda to‘qnash kelamiz.

Shu bois, 28 avgust oqshomidagi o‘yinda zafar quchsak, kubok bahsida ko‘tarinki kayfiyatda maydonga tushamiz.              

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoamiz joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsad, ya’ni, Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun oxirigacha kurash olib boradi hamda buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:51, 28.08.2022.
O'qildi: 2267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.