Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining 3-turi doirasidagi “Valyadolid” jamoasiga qarshi o‘yindagi dubli haqida fikr bildirdi. Uchrashuv “ko‘k-anorranglilar”ning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Qarama-qarshilik tugaganidan so‘ng, polshalik hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda gollarni nishonlayotgan suratini joylashtirdi va unga quyidagi so‘zlar bilan izoh qoldirdi: "Xayrli kech".
Dastlabki uch turda Levandovski “Barselona” tarkibida 4 ta gol urdi.
Ayni damda "ko‘k-anorrangilar" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Xavi Ernandes shogirdlari La Ligadagi navbatdagi o‘yinini safarda "Sevilya"ga qarshi o‘tkazadi.